Menga ertak aytib ber.
Yoki qilib bir vafo,
Volidamni qaytib ber!
Mehrga zor bolaman.
Yuzlari qon lolaman. Dilni o'rtar nolaman,
Volidamni qaytib ber!
Suyangan tog'im edi,
Yashnagan bog'im edi.
Dilda ardog'im edi,
Volidamni qaytib ber! Yuzlari oq farishtam,
Ham ozoda sarishtam.
Bir jonimga jon rishtam,
Volidamni qaytib ber!
Tinmas, ko'zlarimdan yosh,
Bo'ldim gumroh va bebosh.
Ham hilolim, ham quyosh,
Volidamni qaytib ber!
Duo qilib yursaydi,
Baxtimni but ko'rsaydi.
Mani jonim olsaydi,
Volidamni qaytib ber! Kelinin ko'rib qolsin,
Qo'llaridan choy olsin.
Yuragimdan joy olsin,
Volidamni qaytib ber!
Xuvillab qolgan uyim,
O'g'irlab olgan o'yim. Befayz o'tmasin to'yim,
Volidamni qaytib ber!
Dod deyman firoqlarda,
Ko'z yoshim qaroqlarda.
Yursa ham yiroqlarda,
Volidamni qaytib ber! Ertayu kech rizq tergan,
Chaynab chaynab non bergan.
Farzand uchun jon bergan,
Volidamni qaytib ber!
Qo'llari qadoq edi,
Sochlari oppoq edi. Shoirim meni derdi,
Volidamni qaytib ber!
Qaddim, qadrim bukilgan,
Qora sochim to'kilgan.
Taqdirimga bitilgan,
Volidamni qaytib ber! Jannatdagi jannatim,
Duosi beminnatim.
Ko'rmay ketgan rohatim,
Volidamni qaytib ber!
Oymomojon oymomo,
Kelgin alla aytib ber. Mayli mani jonim ol,
Volidamni qaytib ber!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев