و لا تنكن عبد غيرك و قد جعلك الله حرا
Ma’nosi:Hech kimga qullik qilmaginki Xudovand seni ozod qilib yaratgandir.
Izoh: Xudovand insonni ozod yaratgan bo’lib uni izzatu nafsga ega va o’ziga xos shaxsiyat bilan xilqat qilgandir. Unga aqlu-shuur, idroku-tafakkur va iroda ato etgandir. Zero inson eng sharafli va mukarram mavjudotdir.Shuning uchun har bir inson aqlini yurgizib ish yuritishi kerak va Xudodan o’zgaga bandalik qilib xoru-zor bo’lmasligi lozimdir. Xuddi shuningdek hech bir inson boshqa bir odamni o’ziga banda qilib olishga haqqi yo’dir.Bandalik faqat Xudoga qilinadi va Undan o’zgasiga qullik qilish zillat va xorlikdir. Izzat va g’ururga ega bo’lgan aqlli inson Alloh unga bergan ozodligidan tog’ri foydalanib o’zini pastu-zalil qilib qo’ymaydi, undagi bor sharoitga qanoat qilgani holda o’z hurriyati va ozodligini qo’ldan bermaydi. Lekin zalil va past odamlar molu-dunyoni qo’lga kiritish uchun boy-badavlat odamlar qarshisida tiz cho’kib ta’zimda bo’ladilar. Ular shu yo’l bilan zora ul-bul boylik va yoki martabaga erisharmikanman deb izzat-ikromlari va nomus-e’tiborlarini poymol qiladilar. Vaholanki, Xudovand hamma insonlarni ozod va hur qilib yaratgandir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев