من لان عوده كثفت اءغصانه
Tarjimasi: Kimning vujudi daraxtning yumshoq tanasi kabi bo’lmaydigan bo’lsa, uning tanasidan ko’plab anbuh shoxlari o’sib chiqadi.
Izoh: Hazrat Ali (alayhi salom) bu hikmatida insonni daraxtga, uning do’stlarini esa darxt shoxlariga o’xshatadi. Daraxtlarning ichida tanasi yumshoq bo’lgani ko’p shoxlaga egadir. Ser shox daraxtning esa soyasi ko’proq bo’lib ko’proq odam uchun foydasi tegadi. Ikkinchidan, sershox daraxtning mevalari ham ko’proq bo’ladi va bu ham odamlarga foydaliroqdir. Shuning uchun bunday daraxtlarni odamlar asrab avaylaydilar, parvarish qiladilar. Inson ham agar vujudi tanasi yumshoq bo’lsa, yani xushaxloq bo’lsa, ko’proq shoxlarga yani do’stlarga ega bo’ladi. Natijada ham atrofdagilar undan bahramand bo’lishadi va o’zi ham boshqalarning muhabbatidan bahramand bo’ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев