Предыдущая публикация
Deydilar hamisha quvnoq, baxtiyor,
Yashaysiz hayotni qadrini bilib.
Eh döstim yurakda alamlar bisyor,
Va lekin yuraman jilmayib kulib.
Kuysamda döstlaru, dushman qastidan,
Yo taqdir azalning baland pastidan.
Netayin yig'lolmay g'urur dastidan,
Majburan yashayman jilmayib kulib.
Sira ötirmayman iztirob tortib,
Döstimning chohiga tushsamda qulab.
Ohista ust boshim changini artib,
Söng yana yuraman jilmayib kulib.
Sevganim suymasa shu ham g'ammidi,
Zarurmi suymagan yorga suykalib.
Nima bu dunyoda gözal kammidi?
Shu sabab yuraman jilmayib kulib
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев