Предыдущая публикация
Sen nega kulgaysan kuygan jonima, Sarvigullar soya solgan holima, Bormadim-ku, o‘zing kelding yonima, Ishqi yo‘q zabonim, yana keldingmi...
Qo‘qon yo‘llarinda Toshkan toshlari, Meni qaysi yo‘llariga boshladi, Bir bor suyib jahannamga tashladi, Bo‘g‘zima bu jonim, yana keldingmi...
Men bir qushman, olis-olis ketarman, Ketsam joning so‘rmay olib ketarman. Ishqing otashida yonib bitarman, Qasdima olg‘onim, yana keldingmi...
Emdi kelmog‘ing na, ketmog‘ing nadir, Men seni bilmasman bitmog‘ing nadir, O‘zda yo‘q g‘avg‘oni sotmog‘ing nadir, To‘lsa-da paymonim, yana keldingmi, Ko‘ngli parishonim, yana keldingmi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев