Orzulari saroblarga aylangan gul, Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak. Chimildig'in chekkasida umid yig'lar, Kùz oldida ming nasihat ùgit yig'lar, Hay hoylida kungul bergan yigit yig'lar, Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak. Ikki vujud birlashmasa olovlarda, Ishq yonmasa visol degan qalovlarda, Boshginasi qoldi qanday balolarga, Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak. Salom berar yarqiratib tilla qoshin, Paranjida kim ham kùrar kùzda yoshin, Qarg'ab qùyar sovchi bùlgan qarindoshin, Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak. Majnun tolga dars bùladi bùying seni, Quyoshlarga dars beradi rùying seni, Allalarga tùlib ketsin uying seni, Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев