Issiq jonin tutib xatto yuzta cho'qqa,Bitta Ona boqar ekan o'n bolani.Lek o'n bola boqolmaydi bir Onani!Bir kun baxtli kunlar kelishini kutib,topganlarin kulib turar bizga tutib.Achinmaydi ketsa butun umri o'tib,Bitta Ona boqar ekan o'n bolani.Lek o'n bola boqolmaydi bir Onani!Halollik bor yegan luqma, oshlarida,Armonlari sezilar ko'z yoshlarida.Yerga qo'ymay tutib birdek boshlarida,Bitta Ona boqar ekan o'n bolani.Lek o'n bola boqolmaydi bir Onani!Bolamga der o'ziga bir kiyim olmay,Kamu-ko'sting butlab kelar birzum tolmay.Dard boshini silasa ham yotib qolmay,Bitta Ona boqar ekan o'n bolani.Lek o'n bola boqolmaydi bir Onani!Og'ir mehnat aksi qolgan qo'llarida,Ne sinovlar chiqqan deysiz yo'llarida.Yolg'iz boshi bilan orzu-o'ylarida,Bitta Ona boqar ekan o'n bolani.Lek o'n bola boqolmaydi bir Onani!Kim demanglar Doston MAHMUD bo'lgan guvoh,Hayotga bir nazar soling berar izoh.Bu ne savdo, ne ko'rgilik, nedur ey voh,Bitta Ona boqar ekan o'n bolani.Lek o'n bola boqolmaydi bir Onani!Bitta Ona boqar ekan o'n bolani,Lek o'n bola boqolmaydi bir Onani.Bitta Ota boqar ekan o'n bolani,Lek o'n bola boqolmaydi bir Otani.✍ Muallif: Doston Mahmud@Ota_ona_Sherlari@MEXRIBONIM_OTAM_ONAM kanalidan olindi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев