hilpirab
yuragimga muhabbatim
sog'inchini olib kiryapti.
Naqadar
yoqimli havo. Naqadar
yoqimli
hislar. Shu dam yuragim
oynasidan muhabbat
qasriga
boqaman. Sevgi
saltanatining
sohibjamol malikasi
yuragimni
urishini ham izmingizga
bo'ysundiribsiz. Endi u
sizning
ihtiyoringizda. Yana har
tun
yuragimni o'yib qo'ygan
siyratingiz chizgilari
sog'inchimni
yanada oshiradi. Sizni
yuragimga
mahkam berkitib
olganman. Gar
siz meni tark etmoqchi
bo'lsangiz
ham yuragimdagi
suratingiz
chizgilarini o'chira
olmaysiz. Lekin
hozir shukurki taqdir
izmi bilan
sizni ruxsoringiz taftini
olishdan
benasib emasman. Sizni
sog'indim, behad
sog'indim. Sado
bering azizam.
Bilasizmi? Maysa
yaprog'idagi
shudringning to'kilishi
uchun
tong chog'i erkalangan
subx
sabosining ojiz epkini
kifoya.
Nazarimda yuragimni
azobga
solgan og'riq dardi ham
o'sha
maysa bargidagi
tomchidek
omonat va hadikli.
Sog'inchga
dosh berishning imkoni
bormi?
Yo'q! Nimalar deyapman.
Sog'inchga bardosh
berish
imkoni bo'lsa shuncha
oshiqning
yuragi chok chokidan
so'kilarmidi. Ey
yaratganim
yuragimga buncha
ishqni o'zing
berding. Yana qiyin
sog'inchga
solib bunchalar
qiynamasang.
Birgina o'tinchim
qo'lingizda
tutib turgan yuragimni
mahkamroq tuting. Uni
avaylamasangiz yoki
qo'lingizdan
behos tushib ketsa
yuraksiz
jismimla yoningizga
borolmayman. Bu yurak
uchun
sizning birgina
nigohingizga
to'ymoq kifoya. Shuni
ham
qizg'onmang. Asli
ishqdan hasta
yuragimga yana
hastalikni
yubormang.
Sog'inchimgaku
bardosh berishning o'zi
mushkullik qilyapti. Yana
sizga
zor yuragimdan bir
laxzalik
nigohni ayasangiz
ishqning
qurboni bo'lamanku.
Lekin men
roziman. Siz uchun jon
bermoqqa.
Ruxsoring tarifin qanday
bayon
etay. O'ylanib qolaman.
Nogohon
tirilsa Farhod, ko'zgudan
yuzingiz
ko'rsa-yu, kechib Shirin
vaslidan
yana yuz yil darbadar
bo'larmidi.
Ko'zingiz kulganda
uning
jarangidan
yulduzlarning
qayg'usin his etaman.
Yuzingizga
bir umr boqsam
to'yarmikin
ko'zlarim, qonarmikin
dillarim.
Dilimda o't yonar har
vaqt.
Bilaman o't umrim qadar
bo'lgay.
Sizsiz menga kom yo'q.
Asal
ichsam zahar bo'lar
tanamga. Siz
bilan esa shirin so'zim,
zahar
yutsam ham asal
bo'lganday.
Shuning uchunmi sizni
sog'inaveraman.
Meni sizni sog'imdim.
Sog'inchimla tun
sabosiga
hamohang ruxsoringiz
tomon
oshiqaman. Oyna ortida
asta
boqaman. Voajab, shu
dam tun
sukunatini birgina ovoz
qamrab
oladi. U ham bo'lsa
yuragimning
urushi. Tunni sukunatini
nihoyalagan
yuragimning urishi
beparvo qalbingizga
afsuski
ta'sir etolmaydi. Noz
uyqudagi
gul yorim, nahot
shunday
azoblanayotgan
shunday yurak
nolasidan bexabarsiz.
Asta
ortimga qaytaman. Endi
menga
ko'kdagi yoritgichlar
kerak emas.
Siz borsizku. Birgina
uyqudagi
ruxsoringizni o'zi butun
olamni
yoritayotganday. Shu
yorug'likni
qadam ostiga olishni
istamayman. Chunki,
bunda sizni
yuzingizni nuri borku.
Qiynalsamda g'arib
koshonamga
sudralib boraman. Yana
sizni
sog'ina boshlayapman.
Ishoning siz tufayli
dunyoga ne
maqsadda kelganimni
va borliq
lazzatini yurakdan
anglab
boryapman. Siz tufayli
pok
muhabbatim ilohiy
tuyg'u
ekanligini hayolimdan
o'tkazyapman. Mayli,
men
sog'inchdan qiynalay,
azob
chekay, bir og'iz dur
so'zingizga
zor bolay. Lekin men
sizni loaqal
bir nafas ko'z ochib
yumgunchalik
muddatgada
og'rinishingizni also
istamayman.
Sizni shu nigohim ila
avaylashga,
yomon ko'zlardan
asrashga
hozirman.
Nega oshiqlar tushimda
ham
"yuragimda sen borsan"
deydilar.
Nahotki yuragidagi
otashin ishq
orom olishga imkon
bersa. Men
siz ila tushlarim emas,
bedor
tunalarimda hayolan
suhbat
qurishni istayman. Shu
sog'inchimga andak
taskin
beradi. Siz haqingizdagi
o'ylar
orom olishimga
qo'yarmidi. Siz
hayolimni ham
yuragimni ham
band etdingiz. O'ylarim
siz bilan
boshlangan. Hamon
davom etadi.
Muhabbatim esa
yuragimga siz
bilan kirib kelgan. Siz
bilan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев