Facebook asoschisi va uning hozirgi kundagi rahbari Mark Sukerberg (Mark Zuckerberg) Fortune jurnali tomonidan tuzilgan dunyodagi eng yosh 40 ta biznesmen reytingida birinchilikni qo‘lga kiritdi.
"Fortune 40 under 40” reytingi jurnal tomonidan 2009-yildan beri tuzib kelinmoqda va u o‘z tarkibiga 40 yoshdan kichik bo‘lgan dunyodagi eng muvaffaqiyatli biznesmenlarni kiritadi. 2009 va 2010-yillarda Sukerberg ushbu ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini band qilgan edi.
2009-yil tuzilgan ilk reytingda eng yuqori cho‘qqini Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin egallagan. O‘shanda 25 yoshda bo‘lgan Sukerberg reytingdagi eng yosh ishtirokchi bo‘lgan edi.
2010-yilda esa birinchi o‘ringa Netscape va boshqa bir qator kompaniyalarning asoschisi Mark Andressen (Mark Andreessen) loyiq deb topilgandi. Bu yilgi reytingga u yoshi 40 dan oshib ketganligi bois kira olmadi.
Shunday qilib, 27 yoshli Mark Sukerberg 2011-yilgi eng yosh biznesmenlar reytingida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. U asos solgan Facebook ijtimoiy tarmog‘ining a’zolari soni hozirda 800 milliondan oshib ketdi va kompaniyaning o‘zi eng kamida 50 milliard dollarga baholanmoqda.
Bu yilgi reytingga Spotify musiqiy servisi asoschisi Deniel Ek (Daniel Ek) ham kirdi. Uning servisi yaqinda Facebook bilan integratsiyalandi. Larri Peyj reytingda 2-o‘rinni, uning og‘aynisi Sergey Brin esa 11-o‘rinni band qildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев