Bir yurtni suv bosibdi. Hamma har yoqqa qochibdi. Qarashsa, bir odam tom boshida o'tirganmish. Suv to'pig'iga kelib qolgan...
Yoniga bir qayiq kelib to'xtabdi.
- Qayiqqa chiq, - deyishsa, bosh chayqabdi.
- Men umr bo'yi toat-ibodat qilganman, Tangri meni panohida asraydi!
Suv beliga chiqqanda yana bir qayiq kelib to'xtabdi.
- Qayiqqa chiqsang-chi, - deyishsa bosh chayqabdi.
- Men umr bo'yi toat-ibodat qilganman, Tangri meni panohida asraydi!
Oxiri suv tomog'iga chiqibdi. Tag'in bir qayiq suzib kelibdi.
- Hoy, baraka topgur, qayiqqa chiq, cho'kib ketasan! - deyishsa, bosh chayqabdi.
- Men umr bo'yi toat-ibodat qilganman, Tangri meni panohida asraydi!
Qayiq nari ketishi bilan "g'o'lq" etib, cho'kib ketibdi. U dunyoga borib, Hudoga nolibdi.
- Men umr bo'yi toat-ibodat qildim, yaratgan Egam! Sen esa meni jonimga oro kirmading...
- Ey, g'ofil banda! - debdi Tangri. - Joningni asrash uchun bir emas, uch marta qayiq yubordim-ku, tag'in nima haqing qoldi?!
@hikoyalarvarivoyatlar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев