Bir ovchi ovga chiqib, ohu ovlabdi. Uni orqalab, uyiga ravona bo'lmoqchi bo'lib turganida to'satdan unga yovvoyi to'ng'iz hujum qilib qolibdi. Ovchi unga o'q uzdi. To'ng'iz jon talvasasida o'zini ovchiga otib, uning qornini yordi va o'zi ham halok bo'ldi. Shu payt bir bo'ri kelib qoldi. Qarasa, ovchi, ohu va to'ng'iz o'lib yotibdi. U nihoyatda quvonib ketdi. Lekin ochko'zligi tutib, o'ziga o'zi dedi:
"Bu o'ljalarni ehtiyot qilib saqlab qo'yish kerak - og'ir kunlarimda yaraydi. Buguncha kamonning tirqishi bilan kifoyalanay". Shunday deb, bo'ri harislik qilib, kamonni turgan tirqishini yeya boshladi. Shu payt kamon ochilib ketib, bir uchi bo'rining bo'g'ziga qadaldi - o'sha lahzadayoq jon taslim qildi.
@hikoyalarvarivoyatlar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев