Yuragimda o`kinch , qo`limda titroq.
Xayolimda hamon o`sha qizaloq…
Bolalar uyida bola qolmasin!
Derazadan boqar ma`yus nigohlar,
Yelkada kechirib bo`lmas gunohlar. Kamaysin
yo`lidan ozgan gumrohlar,
Bolalar uyida bola qolmasin! Ota-
maishatda. Ona- beparvo.
Bel kuchdan qolganda, eslarmikan
yo?
Qancha gunohlarga guvoh bu dunyo, Bolalar
uyida bola qolmasin! Mehr
ko`chasidan o`tmasdan bir bor,
Bir parcha go`dakka berdilar ozor.
Faqat qiyomatga qolmasin diydor,
Bolalar uyida bola qolmasin!
Xayolimda hamon o`sha qizaloq… Deraza ortidan
termular uzoq.
Gar mevasiz qolsa, yashnarmidi bog`?!
Bolalar uyida bola qolmasin!
O`ylayman: beg`ubor ko`ngli ketib
darz,
Quvnashga qayerdan kuch topar bir pas?
Ma`yus chehrasi hech xayoldan
ketmas, Bolalar uyida bola qolmasin!
Har kimning quchog`in to`ldirsin
farzand,
U- bebaho ne`mat, totli asal-qand. Allohdan
tilagim bittadir faqat-
Bolalar uyida bola qolmasin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев