Koreys saytlarining “ishonchli manbalari”ga tayanib “Sukerberg pozvonit” saytining xabar berishicha, Samsung flagman smartfonining navbatdagi avlodi 2014-yilning fevral yoki mart oyida paydo bo’lishi mumkin.
Mish-mishlarga qaraganda, Galaxy S5 va Galaxy Gear 2 aqlli soatlarini ishlab chiqarish 2014-yilning yanvar oyida boshlanishi mumkin. Galaxy S5′ga Android KitKat operatsion tizimi o‘rnatilishi kutilmoqda.
Galaxy S5’ning ehtimoliy xususiyatlari sifatida 64-bitli protsessor, uch gigabayt ichki xotira, 16 megapikselli kamera, 4000 mA/soat sig‘imli batareya va besh dyuymli displey ko‘rsatilmoqda.
Bundan tashqari, yangi gadjet ikki turdagi (plastik va metall) korpusda sotuvga chiqarilishi, egiluvchan xususiyatga ega bo‘lishi ham tahmin qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Samsung’ning hozirgi flagmani — Galaxy S4 2013-yil 26-aprelida sotuvga chiqqan edi. Smartfonning O‘zbekistondagi taqdimoti 11-may kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tgan edi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев