) - pokiza, pok, solih amallar qiluvchi. SOHIB (a.) - xo’jayin, ega, do’st, hamdam. SULTON (a.) - podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obro’-e’tibor egasi bo’lsin. SULTONALI (a.) - yuksak obro’-e’tibor, martaba egasi bo’lsin yeki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi bo’lsin. SULTONMUROD (a.) - yuksak mavqeli, martabalar, obro’-e’tibor sohibi bo’lib yetishsin, orzu-murodiga erishsin. SULTONOY (a-o’zb.) - oliy martaba, mavqeli, obro’, e’tibor sohibasi bo’lgan oydek go’zal, zebo qiz. SURAYYO (a.) - yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorug’, go’zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo’lsin. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:54 TABASSUM (a.) - hayoti shodlikka, quvonchga to’liq bo’lsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassum arimaydigan qiz. TAL’AT (a.) - yuz ko’rinishi chiroyli, go’zal bola. TEMIR (o’zb.) - temirdek mustahkam irodali bo’lsin. TESHA (o’zb.) - teshadek o’tkir, keskir bo’lsin, mustahkam bo’lsin yoki kindish tesha bilan kesilgan bola. TILOVMUROD (o’zb-a.) - tilab olingan, Xudodan so’rab olingan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin. TOJIDDIN (f.t-a.) - dinning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulug’ namoyandasi. TOJIMUROD (f.t-a.) - xol bilan tug’ilgan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki xolli bola orzu-murodimizga erishtirdi. TOJINISO (f.t-a.) - ayollarning toji, ulug’i, e’tiborga sazovori va eng go’zali. TOLIB (a.) - talab qiluvchi, ilm izlovchi. TOSHMUROD (o’zb-a.) - toshdek mahkam, mustahqam irodali bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin. TOSHPO’LAT (o’zb-f.t) - tosh va po’latdek mustahkam bola, uzoq umr ko’rsin. TOHIR (a.) - pokiza, begunoh. TURSUN (o’zb.) - nobud bo’lmasin, sog’u salomat o’ssin, omon qolsin, yashab ketsin. TURG’UN (o’zb.) - turib qolsin, nobud bo’lmasin, umri uzoq bo’lsin. TO’LQIN (o’zb.) - yayrab, shodu xurram bo’lib, zavqu shavqqa to’lib yursin. TO’RA (o’zb.) - yuqori martaba, mavqe egasi, aslzoda. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:55 U UBAYDULLOH (a.)- Alloxning kichik quli. ULDONA (o’zb-f.t.) - ushbu dono, zukko, aqlli, fahm- farosatli qizdan keyingi farzand o’g’il bo’lsin. ULUG’BEK (o’zb.) - ulug’, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklarning ulug’, buyuk sardori, boshlig’i. UMAR (a.) - mangu barhayot yashovchi. UMID (f.t.) - umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. UMIDA (f.t.) - orzu-umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz UMIDULLOH (f.t.-a.) - Alloh yetkazgan orzu-umid. USMON (a.) - siniqchi, davolovchi, tabib. UCHQUN (Uzb.) - hayoti yorug’, nurli, tolei porloq bo’yasin. V VAFO (a.) - vafoli, sadoqatli, sodiq. VOSIL (a.) - visolga yetishgan. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:55 X XAYRIDDIN (a.) - dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi. XAYRULLOH (a.) - Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi. XALIL (a.) - sevimli, aziz do’st. XOLBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan xolli bola. XOLBEKA (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’ltan xolli qiz. XOLBIBI (f.t-o’zb.) - yuqori mavqega ega, baland martabali xolli qiz. XOLBOY (f.t-o’zb.) - xol bilan tushlgan bola voyaga yetib, ulg’ayib davlatmand, boy bo’lsnn.XOLDOR (f.t.) - xol bilan tug’ilgan xolli bola. XOLMIRZA (f-t.) - xolli bola, bilimdon, dono, o’qimishli,savodxon bo’lib yetishsin. XOLMUROD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bola, o’sib orzu-murodiga yetishsin. XOLMUHAMMAD (f.t-a.) - xolli bo’lib tug’ilgan bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. XOLMO’MIN (f.t-a.) - xolli bo’shb tug’ilgan bola mo’min- qobil bo’lsin. XOLTOJI (f.t.) - badanida xoli va toji mavjud bo’lgan bola. XONDAMIR (o’zb-f.t.) - bu ism, olimlarning ta’kidlashicha, aslida, ‘xovand amir’ bo’lib, uning ma’nosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yo’lidan to’g’ri yuruvchi, Uning olqishiga sazovor bo’lgan hukmron. XONZODA (o’zb-f.t.) - xon yoki asilzodalar avlodidan bo’lgan qiz. XOSIYAT (a,) - yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi bo’lsin yoki omadli yoki xosiyatli kunda tug’ilgan farzand. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:56 XUDOYBERDI (f.t-o’zb.) - Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi bo’lgan bola. XUDOYNAZAR (f.t-a.) - Xudoning nazari tushgan bola. XUMOR (a.) - ko’pdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola. XURRAM (f.t.) - shod, baxtiyor, xursand, baxtli bo’lsin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola. XURSAND (f.t.) - shodu xurram, baxtiyor bo’lib yursin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola. XURSHID (f.t.) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin. XURSHIDA (f.t.) - quyoshdek husnu jamol sohibasi bo’lgan go’zal, suluv, latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:56 Y YAYRA (o’zb.) - yayrab-yashnab o’ssin, hayoti quvonchga to’liq bo’lsin. YASHAR (o’zb.) - yashab ketsin. YETIM (a.) - yakka, yagona, tanho, yolg’iz. YODGOR (f.t.) - agar bola dunyoga kelgandan keyin otasi yoki onasi olamdan o’tib qolsa, unga marhumdan esdalik, yodgorlik bo’lsin deb ushbu ism beriladi. YORQINOY (Uzb.) - kelajagi yorug’, nurli va oydek go’zal qiz. YOQUB (qad.yah.) - izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur. YOQUT (qad.yah-a.) - rangi qizil bo’lgan qimmatbaho noyob tosh. YULDUZ (o’zb.) - yulduzdek yorug’ yuzli, chiroyli, go’zal qiz. YUNUS (qad.yah.) - kaptar.YUSUF (qad.yah.) - ortgan, ko’paygan husn ma’nosida. YO’LDOSH (o’zb.-f.t.) - hamroh. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:57 Z ZAYNAB (a.) - kelishgan, xushqomat, suluv qiz. ZAYNIDDIN (a.) - dining bezagi, chiroyi, ko’rki. ZARINA (f.t.) - zarli, chiroyli qiz. ZARIF (a.) - beg’ubor, pokiza, nozik ta’b, o’tkir aql sohibi. ZARIFA (a.) - iffatli, pokiza, nozik ta’b, fahm-farosatli qiz. ZAFAR (a.) - tolib, saodatmand. ZEBINISO (f.t.-a.) - ayollarning zebi, go’zal, zebosi. ZEBO (f.t.) - go’zal, suluv, chiroyli qiz. ZIYO (a.) - nurli, tolei porloq bola. ZIYNAT (a.) - ziynatli, bezangan, orasta, ko’rkam qiz. ZOYIR (a.) - ziyoratchi. ZOKIR (a.) - Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi. ZUBAYDA (a.) - ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi. ZULFIYA (f.t.) - jingalak sochli, suluv qiz. ZULXUMOR (a.) - intiq bo’lib ko’pdan kutilgan qiz. ZUMRAD (f.t.) - zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz. ZUHRO (a.) - Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:57 O’ O’KTAM (o’zb.) - kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli. O’LMAS (o’zb.) - o’lmasin, umri uzoq bo’lsin. O’LMASOY (o’zb.) - o’lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo’lsin deb umid, niyat qilingan oydek go’zal, zebo qiz. O'RAL (o’zb.) — tug’ilganda kindigiga o’ralib tushgan yoki jingalak sochli bola. O’ROQ (o’zb.) - o’roqdek o’tkir, keskir bo’lsin yoki kindigi o’roq bilan kesilgan bola. O’TKIR (o’zb.) - o’tknr, o’tkir aqlu zakovat sohibi, dono bola bo’lsin. O’TKIRBEK (o’zb.) - beklar avlodiga mansub bo’lgan o’tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola. O’G’ILOY (o’zb.) - shu oydek go’zal qizdan keyingi tug’ilajak farzand o’g’il bo’lsin. O’RILSHOD (o’zb-f.t.) - ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug’iladigan bola o’g’il bo’lsin. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:58 G’ G’AYRAT (a.) - serharakat, shijoatli, tolmas, g’ayratli bola bo’lsin. G’IYOS (a.) - ko’mak, yerdam, madad. G’IYOSIDDIN (a.) - dinning madadi, ko’magi, yordami. G’OLIB (a.) - zafar qozonuvchi, yengilmas, yulib. G’ULOM (a.) - yosh xizmatkor qul. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:59 Sh SHABNAM (f.t.) - shudringdek beg’ubor, pokiza qiz. SHAVKAT (a.) - shon-shuhrat, kuch-qudratli bola bo’lsin. SHAMSIDTSIN (a.) - dinning quyoshi. SHAMSIYA (a.) - quyoshdek porlovchi charog’on qiz, chiroyli qiz. SHAMSULLOH (a.) - Allohning nuri, yog’dusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi. SHARBAT (a.) - yoqimli, shirin, suyukli qiz. SHARIF (a.) - sharafli, muqaddas, aziz. SHARIFA (a.) - aziz, qadrli, sharafli qiz. SHAFIQA (a.) - shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz. SHAHBOZ (f.t.) - lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli bo’lsin. SHAHINA (f.t.) - dovyurak, mard, jasur, qo’rqmas qiz. SHAHLO (a.) - katta, qora ko’zli, go’zal qiz. SHAHNOZ (f.t.) - shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go’zal qiz. SHAHOBIDDIN (a.) - dinning yorqin, nurli yulduzi. SHAHODAT (a.) - guvohlik beruvchi. SHERALI (f.t-a.) - sherdek dovyurak, qo’rqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo’lsin. SHERBOY (f.t-o’zb.). - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin. SHERZOD (f.t.) - sherning bolasi; sherdek dovyurak, qo’rqmas botirlar avlodidan bo’lgan bola. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 16:59 SHERMUROD (f.t-a.) - sherdek qo’rqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga yetsin. SHERMUHAMMAD (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. SHERXON (f.t.-o’zb.) - xon, aslzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, ya’ni sherdek dovyurak bahodirlarning sardori. SHERQOBIL (f.t-a.) - sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqlli, qobil bo’lib o’ssin. SHERQUL (f.t-o’zb.) - Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi. SHIRIN (f.t.) - yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola. SHOBERDI (f.t-o’zb.) - Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulg’ayib ulug’ martabalar sohibi bo’lsin. SHODI (f.t.) - shodlik, quvonch, baxtiyorlik. SHODIBEK (f.t-o’zb.) - beklar avlodidan bo’lgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola. SHODIGUL (f.t.) - shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz. SHODIYOR (f.t.) - shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohi bo’lsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxud quvonchli kunda tug’ilgan bola. SHODIMUROD (f.t-a.) - shod, xurram, baxtiyor bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlik keltirgan bola murodimizga yetkazdi. SHODIMUHAMMDD (f.t-a.) - shodu xurram baxtiyor bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar. SHODIYA (f.t.) - shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchli kunda turilgan kiz. SHODMON (f.t.) - shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka to’liq bo’lsin yexud quvonchli, shodmon kunda tug’ilgan bola. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 17:00 SHOIR (a.) - shoir, so’zga chechan, hozirjavob, shirinso’z, notiq bo’lsin. SHOIRA (a.) - shoira bo’lsin, so’zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo’lsin. SHOYISTA (f.t.) - hurmat-ehtiromga loyiq, e’zoz- e’tiborga munosib qiz. SHOKIR (a.) - shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola bo’lsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr. SHOHIDA (a.) - suluv, go’zal, zebo qiz. SHOHIMARDON (f.t.) - mard, bahodirlar shohi. SHOHRUH (f.t.) - yuzida shohlik alomatlari zohir bo’lgan kelishgan, zebo bola. SHOHSANAM (f.t-a.) - go’zallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz. SHUKUR (a.) - qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor. SHUKRULLOH (a.) - bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo’lsin. SHUHRAT (a.) - dovrug’, obro’, shon, iftixor. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 17:01 Ch CHAROS (o’zb.) - ko’zlari charosdek fusunkor, jozibalya, chiroyli qiz yoki qop-qora ko’zlari katta qiz. CHORI (f.t.) - oiladagi to’rtinchi o’g’il. ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 17:05 QISQARTMALAR: (s.a.v.) — Sollallohu alayhi vasallam a. — arabcha mo’g’. — mo’g’ilcha pahl.- pahlaviycha o’zb. — o’zbekcha hind. — hindcha f.t. — fors-tojik yun. — yunoncha yah. — yahudiycha qad. yah. — qadimiy yahudiycha ஜ♥ஜツ SฑeɢմŘỘζĦka ஜ♥ஜツ ²º¹³ 7-Noyabr 17:07 Va nixoyat...........!!!!!!!!!!!!!!! MAFTUNA (a.) - maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz. ADMIN 7-Noyabr 17:10 A
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев