muhabbat
bilan
xushtorlik orasida qanday
tafovutlar mavjud?
Shunchaki maylni sevgidan
qanday farqlash mumkin?
Farq shundaki, sevgi kishi
hayotiga
asta-sekinlik bilan
kirib keladi, xushtorlik esa
juda tez namoyon bo‘ladi.
Sevgi xuddi gul kabi bo‘y
cho‘zadi, buning uchun esa
vaqt kerak. Insonni bir necha
marta
uchratish bilan uni
yaqindan bilib olishning iloji
yo‘q. Ustiga ustak ko‘p
insonlar "niqob”da yuradi va
bu niqobning tagida nima
borligini darrov anglash o‘ta
mushkul.
Bilingki, insonni
yaxshi bilish uchun oylar,
hatto yillar kerak bo‘ladi. "Bir
ko‘rishdayoq sevib qolish”
iborasini eshitganmiz va
ko‘pchilik bunga ishonadi ham.
Biroq
bunday bo‘lishi
mumkin emas. Hozirgina
uchratgan odamingizga
nisbatan kuchli havas
uyg‘onishi mumkindir, biroq
bu havas qanchalik kuchli
bo‘lmasin,
shunchaki
yuzakilikdan boshqa narsa
emas. Buni tashqi ko‘rinishga
qarab xushtor bo‘lish deya
baholash mumkin, xolos.
Insonni haqiqatan sevish uchun
katta
yo‘lni bosib
o‘tish kerak bo‘ladi.
Sevgining yurakdan o‘chib
ketishi ham qiyin. Oshiqlik
esa bamisoli qushdek uchib
ketadi. Modomiki, haqiqiy
sevgining
mustahkamlanishi
uchun vaqt kerak ekan,
xushtorlik onlari uzoqqa
bormay barham topadi.
Sevgi markazida hamisha
bitta odam turadi, xushtorlik esa
aksincha. Deylik, bir qiz
ikki yigitni yoqtirib qoldi:
biri ancha ulug‘vor, ishonchli
va mas’uliyatni his
qiladiganlardan. Ikkinchisi
esa sho‘x va bebosh, sayru
sayohatni
yaxshi ko‘radi. Qiz
ulardan qay birini tanlashni
bilmay halak. Biroq haqiqiy
sevgi bir insonni tanlaydi,
o‘zi uchun qadrli bo‘lgan
barcha narsani o‘sha insondan
topadi
va
boshqasini qidirib o‘tirmaydi
ham.
Sevgi yaratuvchanlik
qobiliyatini ato etadi,
xushtorlik esa borini ham yo‘qqa
chiqaradi. Sevgi
sizning shaxsiyatingizdagi
barcha yaxshi xislatlarni
ochib beradi. U sizga
yangitdan kuch-quvvat
bag‘ishlaydi, umr yo‘lingizni
belgilab
beradi va hayotga
qiziqishingizni orttiradi. U
ijodda va boshqa
ishlaringizda yordam beradi.
Sizning shaxsiy
taraqqiyotingizga ulush qo‘shadi.
U
sizning qadr-
qimmatingizni tiklaydi,
o‘zingizga ishonch va
yaqinlaringiz oldidagi burch
hissini qaytadan vujudga
keltiradi. U sizni muvaffaqiyat sari
yetaklaydi. Siz chin dildan
o‘qishga, rejali yashashga va
arzimas narsalarga ahamiyat
bermaslikka o‘rganasiz.
Xushtorlik esa sevgiddan farqli
o‘laroq
buning
butunlay teskarisidir. U
hayotingizga tartibsizlik olib
keladi. Siz oshiq bo‘lib
qolasiz-u,
muvaffaqiyatlaringiz va mehnatga
layoqatingiz
kamaya boradi. Mavjud
iqtidoringizni namoyon
qilishga imkon qolmaydi.
Sizning yaqinlaringiz, oila
a’zolaringiz ham buni payqagan
holda:
"Senga nima
bo‘ldi? Hech qaerga
bormaysan, biror ishga qo‘l
urishni xohlamaysan, biror
yering og‘riyaptimi?” deya
xavotirga tushishadi. U sizni
osmonlarga olib chiqadi, siz
ham hammasi yaxshi, u meni
sevadi deb, maktab, ish,
o‘qish, pul, boshqa narsalar
oldidagi mas’uliyatdan
o‘zingizni Hazon.ru saytidan olingan yiroq tutib yuraverasiz.
Achinarlisi, u
sizga hayotga panja ortidan
qarashni o‘rgatadi.
Sevgi muammolarni
birgalikda yengishga
undaydi, xushtorlik esa
hamkorlikni
inkor qiladi.
Agar siz chindan sevsangiz,
sevgan insoningizning
nafaqat tashqi ko‘rinishi va
xatti-harakatlari, balki uning
fe’l-atvori, his-tuyg‘ulari, tutgan
yo‘li
ham sizni
qiziqtiradi va o‘ziga jalb
etadi. Sevgilingizning omad
va muvaffaqiyatsizlikka,
hayot qiyinchiliklari va
favqulodda musibatlarga
munosabati
qandayligini
kuzatasiz. U saxiy, tarbiyali,
jonkuyar insonmi? Sizning
dinga, ma’lumotga, oila,
jinsiy va moliyaviy hayotga
nisbatan qarashlaringiz uniki
bilan
hamohangmi? Do‘stlar-
chi? Ularga ham bir xil
munosabatdamisiz? Oqshom
payti oila yoki do‘stlar
davrasida suhbat qurish,
ko‘ngil yozish uchun sayrga
chiqish
unga ham ma’qulmi?
U bilan fikrlaringiz
mukammal darajada uyg‘un
bo‘lsagina, siz chin
ma’nodagi sevgiga erisha
olasiz. Sevgi ma’naviy
kamchiliklarni e’tiborga
oladi, xushtorlik esa ulardan
ko‘z yumadi. Sevgi insondagi
eng go‘zal xislatlarni
namoyon qiladi. Inson
sevgilisining
kamchiliklarini
ko‘ribgina qolmay, ularni
bartaraf qilishga harakat
qiladi. Xushtorlik esa
insondagi yomon illatlarga
nazar solishga umuman yo‘l
qo‘ymaydi. Siz uni har
qanday tanqiddan himoya
qilasiz. Xushtorlik sizni
o‘zingiz o‘ylagandan-da
ko‘proq savdoyi qilib
qo‘yadi. Uning chiroyi, ko‘rkam
qaddi-
qomati va
shirinso‘zligi barcha
kamchiliklari (masalan,
qo‘polligi, yuzsizligi,
yalqovligi)dan ko‘z
yumishingizga undaydi. Sevgi esa
butunlay o‘zgacha:
u bo‘yning pastligi, quloq
yoki burunning kattaligiga
emas, ichki dunyo
go‘zalligiga qarab baho
beradi. Sevgi uchun ayriliqning
qo‘rqinchli joyi yo‘q.
Xushtorlik uchun esa bu
dahshat. Ayriliqda sevgi,
hatto mustahkamlanadi.
Sevgilingiz sizdan uzoqda
ekanida
uning qanchalar
kerakligini tushunasiz.
Xushtorlik esa aynan mana
shu sinovga dosh
berolmaydi, ayriliq uni
"o‘ldiradi”. Chunki xushtorlik
jismoniy
yaqinlikdagina
yashaydi, xolos, vaqt
sinovidan esa o‘tolmaydi.
Sevgida jismoniy yaqinlikka
nisbatan juda ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo‘linadi.
Xushtorlik uchun bu narsa
suv va havodek zarur.
Haqiqiy sevishganlar
jismoniy yaqinlikka zo‘r
berib intilmaydilar. Eng
avvalo ular bir-birini hurmat
qilish,
qadrlashni o‘rganadi.
Yaqinlik esa nikohdan so‘ng
o‘z-o‘zidan amalga
oshaveradi.
Sevgi beg‘araz va xolis,
xushtorlik esa xudbin. Sevgi
faqatgina
his-tuyg‘ular bilan
chegaralanib qolmaydi, siz
unga hamisha e’tibor bilan
qaraysiz, uning uchun
qandaydir darajada
yaxshiliklar qilishni istaysiz va bu
bilan
uni sevishingizni
amalda isbotlaysiz. Chindan
sevgan inson sizning
muhtojligingizni sezmay
qolmaydi, hattoki boshiga
kulfat tushganida ham biror
iltimosingizni yodidan
chiqarmaydi. Xushtorlar esa
mehrni o‘zlaridan emas,
hamisha sheriklaridan talab
qilishadi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев