-Qizim, soat 21:40 bo'ldi. Opangni uyg'ot. Qorni ochib ketgandur. -Xo'p, dadajon. Bahorani xonasiga kirgan Nigora - opasini shirin uxlab yotganini ko'rib uyg'otishga, uyqusini buzishga ko'zi qiymadi. - Dadajon, bir shirin uxlab yotibdilar, qo'yavering, uyquga to'ysa uyg'onar. Bahodir akani ichiga chiroq yoqsa yorishmas edi. Kechasi bir ko'zi ilingan ekan, raxmatli xotini Munisa opa tushiga kiribdi. Ko'ngli g'ash bo'lib yana qizlari ekkan o'rik daraxti ostiga borib yum-yum achchiq ko'z yosh to'kdi. Ko'zlariga uyqu ilinmagan Nigora u yoqqa ag'darildi, bu yoqqa ag'darildi. Hecham uyqusi kelmasdi. Yuragi nimadandur bezovtadek tinmay tipirchilar edi. Qo'llarini shunchaki yostiqlari ostiga tiqdi. Qo'liga bir parcha qog'oz ilashgandek bo'ldi. Qo'liga oldi, chiroqni yoqdi. Bejirim gulli mitti qog'ozda opasining dasxatida yozilgan so'zlar bor edi. "Ha uyquchi? Darsga kechikdingmi? Tezroq harakat qil! He, uyquchi. Kuning juda chiroyli o'tishini tilab qolaman. Seni juda yaxshi ko'raman singiljonim!" Nigorani yuragi "shig'" etdiyu, ko'zlarini chirt yumdi. Soat endigina tungi ikkiga bong ura boshlagan edi. U o'rnidan turib opasining xonasiga yugurdi. Bahodir aka Nigoraning yugurib Bahorani xonasiga o'tganini ko'rib, g'ash dili yanada qorong'ulashdi. Nigora chiroqni yoqganda opasi xuddi o'sha xolatida qimir etmay yodardi. - Opuuv, -negadur ko'zi namlandi. - Opajooon. -ikki tomchi yosh shoshib yuzlarida dumaladi. - Oposhaaa. - ovozi titrab, erkalanib chaqirar ekan, u tomon sekin yura boshladi. - Opajon. -u opasining yuzlaridan o'pdi- yu, lablari muzlab ketdi. Opasini jonsiz tanasini to'shakdan ko'targancha o'zi o'tirdi, u yotgan o'rinlar ham muzdek edi. Bahorani muzdek jasadini quchdi, qattiq quchdi. Sel bo'lib yig'lay boshladi. Ko'z yoshlari Bahorani yuzlariga tushardi. Opasini yuziga yana labini bosdi. Lablari seskanib ketdi. -Opajon, sovqotib ketibsiz-ku, keling sizni isitib qo'yaman. Taftim bilan isitaman opajonim. - u yig'lagancha Bahorani quchib turardi. Negadur o'zi ham muzlab ketardi. Havotir bilan yugurib kelgan Bahodir aka xonaga kirdi. Nigora bag'rida olib o'tirgan Bahorani ko'rib esi ketdi, oyog'idagi darmon ketib o'tirib qoldi. Nigorani bir qo'li uning bo'ynidan o'tkirilgan edi, Bahoraning boshi osmonga qaragancha jonsiz likillab turardi. Qo'li esa osilib turardi. - Bolam... Bolaaam! DAVOMI BOR
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев