- O'zingizni ehtiyot qiling! - yugurib kelib yana opasini quchdi. -Xop. Bahora ketar ekan, Nigora uni yoniga qaytdi. - Opa! -Yana nima? -jilmaydi Bahora. -Qachon turmushga chiqasiz? -Voy, bu qizni isitmasi bor shekilli. - kulib yubordi Bahora. - To'yingizda men o'ynab beraman, Lolani "Opajon" degan qo'shig'ini kuylayman, maylimi? -Xudo xoxlasa! -siniq jilmaydi. - Endi boraqol, kech qolasan. Bahora institutga borgach auditoriyaga chiqish uchun zinadan ko'tarila boshladi. U xonaga kirganda dars hali boshlanmagan edi. Hamma o'z ishi bilan ovvora. Faqat deraza oldida turgan Farxodgina o'z hayollari bilan band edi. Bahora sezdirmay borib uni ko'zlarini berkitdi. -Bahor... -Farxod uni tanidi. Juda sevinib ketganidan uni quchib olgisi keldi. -Ayyor, ko'rib qoldingizmi? - qo'lini Farhodni ko'zlari ustidan olib, yoniga o'tib, sho'xchan termuldi. - Keldingmi, yolg'onchi? - xomush ko'zlarini, sog'inch to'la nigohlarini sevganining qorachiqlariga tikdi. -Keldim. Lekin nega meni yolg'onchi dedingiz? - arazlagandek yuzini burdi u. - Parallel guruhdagi Shavkatni sevgisini qabul qildim, deganding-ku. U esa yo'q rad etdi dedi. -Hmmm, umiii? -ensasini qotirdi Bahora. Farhod esa kulib yubordi. -Yana lag'mon tayyorlashni boshladingmi? Yoki tayyor lag'monni qulog'imga ilib qo'ya qolasanmi? - jilmayib ko'zlariga tikildi. -Jinni! Shu vaqt xonadagilar e'tibor berib, Bahorani ko'rib qolishdi- yu, suhbatlari bo'lindi. Bahora esa "Nega kelmay qo'yding? Sog'inib ketdik- ku! Endi dars qoldirmaysanmi ?" degan savollarga ko'milib qoldi. Bir amallab kursdoshlari qurshovidan chiqgan Bahora, yana Farxodni yoniga qaytdi. - Seni har kuni mendan so'rashadi. Bahora xuddi menga biron nima deb qo'ygandek. U bizni odam o'rnida ham ko'rmaydi, doim sirli ravishda yo'qolib qoladi. Raqami esa ishlamaydi. - Farxod gapirganda negadur ko'zini olislardan olmasdi. Derazadan esa keng shahar, o'z tashvishlari ila band bo'lgan odamlar, beg'am qushlar ko'rinib turardi. Bahora o'ng qo'lini sekin Farxodni qo'li tomon cho'zdi va uning qo'lidan tutdi. Farxod ham uning qo'lini mahkam tutdi. -Sizni yaxshi ko'raman Farxod aka. -u sekin shivirladi. -Ko'zing sog' bo'lgandan keyin ko'rasanda. Men esa sevaman. Qo'lingni qo'yib yuborsam, meni tashlab ketib qoladigandeksa n. Gaplaring ham ketadigan odamnikidek. Nega? -Bu shunchaki tasodif, menimcha. - hursindi Bahora. -Oyimlar ertaga borishadi. - derazadan olis- olislarga boqib turgan Farhod Bahoraning ko'zlariga qaradi. DAVOMI BOR.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев