maktub!
Salom o'g`lim!
Balki bu xatim sening qo'llaringga
tushmas balki yetib borsa xam
o'qimassan..
Lekin negadir bugun dardlarimni shu
xatga tushurgim keldi.
Taqdir shunday ekan keksayib qolib
nevaralarimni yonida kelinimni
qo'llaridan choy ichib hordiq olib
keksalik gashtini surar chog'imda
Qariyalar uyiga olib kelib tashlading.
Ha albatta o`zimda ham ayb bor
qo'llarim qaltirab ovqat to'kadigan
odat chiqardim.
Goh-gohida ko`zlarimni xiralashib
ketgani uchun kelinim uchun qadrli
bolgan idish-tovoqlariga behosdan
turtilib sindirib qo`yardim.
Lekin o`g`lim uyda qoldirib alohida
bir uyga joylashtirib temir idishda
ovqat berib yotgani kampirim tikib
bergan eski uvada to`shaklarni solib
bersalaring mandan baxtli odam yoq
edi. Chunki u uyda nevaralarimni
ko`rib tursam bo`ldi edi.Ularni juda
sog`indim.
O`g`lim yoshligimda mehribonlik
uyida boshimni silashgan bo`lsa endi
Qariyalar uyida mehr topyapman..
Sen tug`ulganda juda xursand
bo`lgandim suyanchig`im
keksayganimda meni g`amhorim
bo`ladi deb to`g`ri sen yaxshisan
faqat sal kelinim... yoq yoq u ham
yaxshi iloyim farzandlaring
mehribon bo`lsin bolam.
O`g`lim yaqinda o`g`lingga beshik
toy qilyapsan ekan puldan
qiynalmayapsanmi.
Men ham shu to`yga deb ko`p emasu
lekin biror buyum olgani
asqotadigan pul yig`ib qoygandim
xatga solib jo`natib yuboraman..
Shu kunlarda judayam sizlarni
sog`indim necha oydan beri xabar
olmaysan.
O`g`lim shu kunlarda onang kop
tushimga kiryapti..Yaqin kunlarda
chaqirib olsa kerak. .O`g`lim men
vafot etgach seni qollaringda qabrga
qo'yilishni xoxlayman.
Iltimos o`g`lim otangni qabrga
qo`yishni ham begonalar qo'llariga
topshirma..
Yo`llaringga intizor Otang
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев