Предыдущая публикация
Qayda bo'lmay sensan hayolim,
Oy husningdan oladi jilva
Ko'nglim sultonisan ayolim
Go'zallikdan shohona saroy
Bezanadi jamoling qumsab
Vasling ajib betakror chiroy
Sensiz jonim yashab bo'lmaydi
Har kech ishdan kelganim mahal
Seni ko'rib ko'nglim xotirjam
Osmondagi mushtariy,zuhal,
Shodligimdan qiladi bayram
Orzularim senla barhayot
Dil torlarim chertsam navosan
Sening bilan go'zal shu hayot
Asl nasli Momo Havosan
Sen tufayli ozoda uyim
Sening birla turmushim obod
"Xalqqa foydam tegsa" - shu o'yim
Sen taqdirdan oliy mukofot
Fotimam deb kerilib yurgum
Vafo qasrin shohiman axir
Muhabbatga berilib yurgum
Umr bo'yi yashaymiz ahil
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев