Afsus, dedi qiz.Yigit bölsa, kassadagi qizgaminnatdorchilik bildirdi:
- Rahmat sizga, iloji bölsa yanaqöshimcha 8 soat ushlabturinglar ösha poyezdni.Qiz yigitni kuzatib turarkan,uning özini tutishidan hayron
qolardi.Qiz odamlar gavjum bölgankutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. Biroz ötgachyigit ham uning yoniga kelib
ötirdi.
- Mening ismim (????????) bu shaharda
mehmonman. Sizchi?
- Men ham mehmonman,- javob berdi qiz.
- Ismingizni aytmaysizmi?
- Zarurati yöq, ishonavering.
- Albatta... Ishonish yarim g'alaba degani.
Qiz qöng'iroq qilish uchun
chetroqqa chiqdi. Qayergadir qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat
bilan kuzatardi...Qiz qaytib kelgach yigit undan söradi:
- Uzr, ruchka topiladimi?
Qiz sumkasidan ruchka olib yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan
ruchka bilan qöliga nimanidir yozdi-yu qizga ruchkasini
qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz örnidan qözg'aldi. Yigit:
- Sizni uyda kutishyapti,shunaqami?
- Ha.
- Avtobusda 6 soatlik yöl.Umuman olganda keyingi poyezdni kutishning foydasi ham yöq. Maylimi, sizga hamrohlik qilsam? Faqat yöq demang.
- Nega endi yöq demasligim kerak?
- Chunki, meni taqdirimga siz bilan bitta avtobusda birga ketish
yozilgan bölishi kerak.
- Aytdimku, men taqdirga ishon...
Qiz oxirigacha gapirolmadi.Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq
qizning ruchkasi bilan yozgan yozuvni unga körsatgach hayratdan gapirishdan ham töxtab qoldi. Yigitning qöliga bejirimgina harflarda qizning ismi yozilgandi. Qiz örnidan qözg'alib, allaqachon chiqish
eshigi tomon yönalgan yigitdan söradi:
- Qayerdan topdingiz?
Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini avval köksiga, keyin peshonasiga
olib bordi-yu kulib javob berdi:
- Buni taqdir deydilar...!
(Davomi bor)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев