Men sizni
sevardim, sevgim, ehtimol,
Qalbimda butunlay so`nmagan
hali. Sevgim endi sizga
kelmasin malol Haddim yo`qdir
sizni xafa qilgali. Goho chuchib,
goho rashk qilib men Sevar
edim so`zsiz, umidsiz. Har kishi
sevsa ham, men kabi sevsin,
Chin yurakdan samimiy,
cheksiz. Qurib qoldi ko`zda
yoshim, Yurak to`lsa
yig`lolmayman. Hijronga etmas
bardoshim, Shodlikka dil
bog`lolmayman. Qafasdagi
qushcha misol, Yoningga hech
borolmayman Suvdek oqib
ketdi visol, Tushimda ham
ko`rolmayman. Olis yulduz
bo`lding ko`kda, Yakin turib
yetolmayman. Dardimni
tangrimdan o`zga, Hech
kimsaga aytolmayman. Ey
bevafo, bu qilmishing, Ne deb
atay bilolmayman. Hushim
yo`qdir baxt tilashga, Baxtsizlik
ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding,
Men-chi bunday qilolmayman.
Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman.
Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek
ezib, Yurakdan to’kilar
dardlarim sizib, Halovatning
sokin uylarin bo`zib, Ketgim
kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
Xayol bo`lib hayotingdan
ketmadim jonim, Quyosh bo`lib
ko`zlaringga botmadim jonim,
Hajring bilan zafarondir oy
yuzim, Bu dunyoda sendan
o`zgani topmadim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2