O'tgan yili Iker Kasilyas 3 ta "El Classico"ni o'tkazib yuborgan edi. Qirol kubogida 2 ta uchrashuv va La Ligada 1 ta o'yinni. Bu mavsumda ham Iker "El Classico"da qatnasha olmadi. Chempionat baxslarida ikkala o'yinda ham darvozada Diego Lopez turdi. Ertaga Copa del Rey finalida darvozani Iker Kasilyas qo'riqlaydi va 18 oylik tanaffusdan so'ng yana "Classico" havosidan baxramand bo'ladi. Aynan 3 yil oldin Iker Kasilyas Ispaniya kubogini ilk marta boshi uzra ko'targan edi. O'sha kubog Kasilyas uchun 1-si va so'ngisi bo'lib qolmoqda. Chunki "Real" 2011-yildan oldin so'nggi marta Qirol kubogini 1993-yilda yutgan (u paytda Kasilyas tarkibda bo'lmagan) oradan 18 yil o'tib Joze Mourinyo boshchiligida yana Ispaniya kubogini sohibiga aylangan edi. So'nggi marta Kasilyas "El Classico"da maydonga tushganida hisob "Kamp Nou"da 2:2 natijasi bilan yakunlangan. O'tib borgan 18 oy davomida 5 ta "El Classico" bo'lib o'tganini ham ta'kidlab o'tish darkor.
P/S: Nasib etsa 18 yildan so'ng Qirol kubogini boshi uzra ko'targan Iker Kasilyas 18 oydan so'ng 2-marta ushbu kubogni boshi uzra ko'tarini Xudodan so'rab qolamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев