Endi menga baribir kelsang, kelmasang.
Qo'lingdan kelsa gar osmonni tashla,
Endi menga baribir sevsang, sevmasang!
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim,
Xop, telba ko'nglimga cho'pchaklar aytdim.
Aldashni o'rgandim yurakni boplab,
Daryoga oborib sug'ormay qaytdim.
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim,
Tili bo'lsa aytsin shu to'rt devorning.
Endi men sira ham yig'lamay qo'ydim,
Qo'limga olmayman qaytib ishq torni.
Sog'ina, sog'ina, Sog'inmay qo'ydim,
Ahir ne orttirdim kuyib-kuyinib.
Yashayman endi men bir odam bo'lib,
Qornim to'q,ustim but,shunga suyinib.
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim,
Ko'ksimga bir mushtlab oxir unutdim.
Endi sen kimsanu nedir muhabbat,
Bu o't peshonamni qismatga tutdim.
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim...
m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=57579708678192&_prevCmd=altGroupEdit&tkn=2048
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1