samimiy
Lekin birdek tutolmaymiz mayli
rag'batni
Ehtirosning mahsulidir ahd ila
paymon
Ammo o'sha olov bir kun so'nar
begumon
Butoqdagi meva rosa
pishgandan keyin
Bir kun yerga shart uzilib
tushmog'i tayin
Yashash uchun qasamlarni
unutish lozim
Qasamlarki shosha pisha ichamiz
doim
Yolg'iz bitta rag'bat uchun
yashamaymiz bas
Almashinib turar bizda ishtiyoq,
havas
Alvon-alvon suratida sevinch va
qayg'u
Bir-birini suvoradi, suradi yog'u
Sevinch degan ko'rinadi
qayg'uga qarab
Qayg'uni ham sevinch bilan ishi
yo'q sira
Hamma narsa muvoqiddir,
foniydur hayhot
Qaydan ketsa muhabbatning
umriga sabot
Kim kimniki, buni hali yechmoq
kerakdir
Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni
taqdir
Yiqilganda do'stlaring ham yuzin
o'girar
Yuksalganda dushmanlaring
do'st bo'lib turar
Xo'sh, nimadir ataymi yo
tasodifmi bu
Kimki do'stdan bezor bo'lsa,
uning do'sti mo'l
Do'stga muhtoj bo'lib do'stni
o'ylagan odam
Oxir dushman qilib qo'yar yolg'iz
do'stni ham
Boshlagandim, o'sha gapga
qaytaman yana
Dunyo degan tuganmas bir
tasodif xona
Kerak paytda bizning izmu-
ixtiyorda bas
Orzu qilar, istak qilar mahsuli
qolmas
Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz
xazar
To birinchi bevalikka yetgunga
qadar
Taqdir shartlariga berolmay
bardosh
Tashlab ketdi mana yosh bir
qalam-qosh
Bir deganda ketdi ham do'st ham
sirdosh
O'ylab ko'r, sababi nima? Hm
maosh
Masofa cheksiz, azizim mensiz
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu-
paymon
Azizim mensiz, masofa cheksiz
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon
Poyimda dengiz, men esa sensiz
Nega xayollarim narigi sohil
tomon
Poyimda dengiz, sohilda yolg'iz
Masofa bepayon, masofa
bepayon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1