Siz Azizlarni va barcha ahli musulmon yurtdoshlarimni yaqinlashib qolgan musulmonlarning ulug ' ayyomi Qurbon hayiti bilan o'zim va guruhimiz nomidan muborakbod etaman. Bir-birimizga bo'lgan mehr-oqibatlarimiz Jannati Firdavsda ham davom etsin! Alloh taolo amallarimizni maqbul va ohiratimizni go'zal bo'lishini barchamizga nasib qilsin. Yaratgan Parvardigorimiz go'zal Diyorimizni turli balo ofatlardan asrasin. Honadonlarimizga fayzu-baraka, dasturhonimizga to'kin-sochinlik ato etsin. Qalblarimizni insof, iymon, diyonat va ezgu his-tuyg'ular tark etmasin. Hozirda Haj ziyoratidagi hoji ota va hoji onalarimizni ado etayotgan ibodatlari Alloh dargohida qabul bo'lsin. Shular qatorida bizlarga ham chiroyli Haj ibodatlari qilishimizni nasib etsin. In sha''Alloh. O'tganlarni ruhlari shod, joylari jannatdan bo'lsin. Dillarimiz iymondan, tashvishimiz yaxshilikdan, qo'llarimiz duodan qolmasin Ilohim. Buyuk Alloh barchangizni holisona qilgan duolaringizni dargohida qabul aylab, dilingizdagi ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin..Amin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев