To tonggacha yig'ladi osmon,
Uning bilan yig'ladim men ham.
Ko'zlariga tikildim qarab,
Bu ko'zlarda turardim o'zim.
Sochidagi qormidi yo rab,
Qayerlarda edi-ya ko'zim.
Kimlardandir habar olaman,
Ish ham qursin, yumish ham qursin.
Men notovon yomon bolaman,
Ota-onam ko'p umur ko'rsin.
Men negadir asal olmadim,
Yo olgani yo'qmidi pulim.
Kimlargadir sovg'a bir quchoq,
O'z onamga yo'qmidi gulim.
Allakimga qilgan sovg'amiz,
Xatto ochilmaydi, pisand bo'lmaydi.
Hursand bo'lsin deya tuqqan onamiz,
Bir juft paypoq olish esga kelmaydi.
Men notovon, buyuk notovon,
Volidamsiz olisda qolgan.
Azizimsiz mening onajon,
Dardlar tortib charchagan, tolgan.
Opa ukalardek kechirdik hayot,
Xuddi opamdayin ahvol so'raman.
Siz meni onamsiz, volidam hayhot,
Men sizni judayam yahshi ko'raman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев