3-
sinf
o'quvchilariga dars bo'lyapti.
O'qituvchi bolalarga: "Xudodan
o'zingiz uchun nima so'ragan
bo'lardingiz?" mavzusida insho
yozishlarini vazifa qilib topshirdi.
Hamma oppoq qog'ozga o'z
inshosini yoza boshladi.
Kechqurun yozma ishlarni
tekshirarkan, o'qituvchining
diqqatini bir insho o'ziga tortdi.
Inshoni o'qib chiqarkan u juda
xafa bo'ldi, ko'zlaridan yuziga
yosh dumaladi. Shu vaqtda
xonaga uning eri kirib keldi va
ayolining ko'zidagi yoshlarni
ko'rib hayron bo'ldi. “Nima
bo'ldi?” – deb so'radi u. “O'qing”,
- deb, unga o'sha o'quvchining
inshosini uzatdi. Insho
quyidagicha yozilgandi:
"""Pаrvardigor, bugun Sendan
alohida bir narsa haqida o'tinib
so'ramoqchiman: meni
televizorga aylantirib qo'y... Ha,
xuddi uyimizdagi televizorning
o'rnini egallashni istayman. Men
ham uyda alohida joyga ega
bo'lib, oilamizni o'z atrofimda
jam bo'lishini xohlayman.
Gapirayotganimda gaplarimni
bo'lishmasin, ahamiyatsiz
narsalarni gapirmasligimga
ishonishsin, diqqat-e'tibor
markazida bo'lishni istayman.
Agar meni televizorga aylantirib
qo'ysang, dadam ishdan
charchab kelsalar ham, "Men
charchaganman", - demasdan
mening yonimda bo'ladi. Agar
meni televizorga aylantirib
qo'ysang, onam xafa bo'lib,
yolg'iz qolganida ham meni
e'tiborsiz qoldirmaydi. Qaniydi,
ota-onam hamma narsani
tashlab har kuni ozgina vaqt
men bilan birga bo'lishsa...
Parvardigorim, balki ko'p narsa
so'rayotgandirman, lekin chin
dildan so'rayapman. Iltimos...
Meni televizorga aylantirib
qo'y...""" O'qituvchining eri bu
yozma ishni o'qib bo'lgach
hayqirib yubordi: “Dahshatning
o'zi bu! Bechora bola!”
Yig'layotgan ayolidan baland
ovozda so'radi: “O'zi qanday
axmoq ota-ona ekan ular? Odam
degan ham shunchalik
bo'ladimi?" O'qituvchi ayol yosh
to'la ko'zlarini eriga qadab
mahzun javob berdi: “Bu
inshoni... bizning o'g'limiz
yozibdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев