Yonimda dunyodagi eng
chiroyli qiz o’tiribdi… Uning
yuziga qaragandan uyalib
turibman… Mening qanchalik sevishimni u bilmaydi… U
mening eng yaqin insonim…
Lekin, u meni oddiygina do’st
deb biladi… Sababini
bilmayman, lekin… O’zimdan
uyalib turibman… 10-sinf Uyda edim… Menga
qo’ng’iroq qilib yigiti bilan
urushib qolganini aytib, men
yonida bo’lishimni iltimos
qildi… Keyin yonimga keldi…
Meni quchoqlab rosa yig’ladi… Hozir u yonimda…
Tizzamga boshini qo’yib
uxlab qoldi… Sochlaridan
silab, go’zal yuzlariga to’yib-
to’yib boqmoqdaman… Men
uni sevaman… Lekin, u meni oddiygina do’st deb biladi…
Sababini bilmayman, lekin…
O’zimdan uyalib turibman…
11-sinf Bitiruv kechasi…
Ikkimiz bolalikdan beri birga
ulg’aydik… Bitiruv kechasiga sherigimiz bo’lmasa birga
boramiz deb 8-sinfda bir-
birimizga so’z bergan edik…
Menga qo’ng’iroq qildi va
yigiti kasal bo’lib
qolganligini aytdi… Keyin, birga boramizmi, deb
so’radi… Rozi bo’ldim… Uyiga
borib bitiruv kechasiga birga
jo’nadik… Bitiruv kechasidagi
eng chiroyli malika edi…
Oppoq ko’ylagi o’ziga shunday yarashgan ediki,
farishtaning o’zi bo’lib
qolgandi… Tun bo’yi raqsga
tushdik… Qo’llaridan ohista
ushlab, uni qattiq sevarimni
aytsammi, deb o’ylab qo’yardim… Tongga yaqin
uyiga kuzatib qo’ydim…
Hayrlashayotib betimdan
o’pib, eng yaxshi do’st
bo’lganimni bildirdi… Uni
chin dildan sevaman… Lekin, u meni oddiygina do’st deb
bilsa, unga sevishimni
qanday aytaman… Sababini
bilmayman, lekin… O’zimdan
uyalib turibman… Oradan
yillar o’tdi… Hozir men eng yaqin ko’rgan insonimni qora
tuproqqa uzatyapman…
Uning buyumlari orasidan
yon daftarcha chiqibdi,
menga berishdi… Qo’llarim
qaltirab yon daftarchani sekin varaqlay boshladim…
Sahifalarning birida shunday
satrlar bor edi… “…Hozir
darsdamiz… Yonimda bo’lsa
dunyodagi eng kelishgan
yigit o’tiribdi… Yuziga hech to’ymayman… Uni qanchalik
sevarimni u bilmaydi… U
meni oddiygina do’st deb
biladi… Yigitim bor deb
doimo u haqida yolg’on
bahonalarni aytib, yonida bo’lishga harakat
qilyapman… Men uni
jonimdan ortiq ko’raman…
Menga bir marotaba, faqat bir
marotaba “SEVAMAN” deb
aytganda… Bu dunyoda mendan baxtli inson yo’q
edi…” Men bu satrlarni
o’qiyotganimda sevganimni
tuproqqa ko’mishdi… Chiday
olmay butun vujudim bilan
hayqirib yubordim… Ko’z yoshimni hech to’xtata
olmasdim… Ko’zlarimni
uning yangi qo’yilgan
qabridan uza olmasdim…
HAVOTIR OLMA, JONIM… MEN
HAM SENI SEVAMAN…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев