qadim zamonda,
Foniy dunyo tomonda, Go'zal
tuyg'u bor ekan.
Barcha inson ko'nglida, O'shal
tuyg'u yasharkan
Yuraklar bir bog' kabi,
Go'zallikdan yashnarkan
Yetti osmon ishvasin, Bog'i eram
mevasin,
Tatib lazzat olarkan, Davru
davron surarkan,
Inson umri nur to'la, Ertak kabi
o'tarkan,
Shirin o'yga ko'milib Tuyg'ular
jo'sh urarkan.
Yuraklar qanot yozib, Otashdek
porlab yonib,
Rohatga to'ymas ekan, So'ngisi
kelmas ekan.
Sevishganlar gulmisol, Barpo etib
ko'rkamlik
Chehralari nurvisol Bahtli hayot
kecharkan.
Kecha, kunduz, oy, yillar O'tib asta
oradan,
Noshukurlik kelibdi, Insonga
do`st bulibdi.
Rashk, gumon, fitna, bo'hton
Qo'shilib o'shal zamon,
To'lib, toshib ketibdi, Misoli qora
ummon.
Osmonni bulut bosib, Quyosh
nurlarin to'sib,
Yuraklarda behislik, Qora zamon
kelibdi.
Ko'ngillar toshday qotib, Ishqin
bo'htonga sotib,
Sevgilar hor bulibdi, Nurlar so'nib
qolibdi.
Bir panada berkinib, Durday
ko'zyoshin to'kib,
Sevgi yig'lab turarkan, Insonlarga
aytarkan:
"Ayting nedir gunohim?,
Tuyg'uingiz panohim,
Yuraklarni bog'layin, Yordam
bergin Allohim."
Bir inson shunda unga: Kunim
almashib tunga,
Zahmatlar chekib doim, Aylanib
qoldim qulga.
Seni deb yonib yashab,
Hayotimdan kechdim men,
Barcha yumushim tashlab,
Majnun misol buldim men.
Ne topdim ayt o'rniga?? G'am
alam, ham nadomad,
Chekganim bir dard bo'ldi,
Ko'rsatmading karomat.
Doim yurakda g'ashlik, "Sevgilim
qayda ekan?,
Hozir kim bilan" degan?,
Hayolimda bir tashvish.
Bas charchadim bu darddan,
Kechdim men bunday bahtdan,
Ko'zimdan yuqol" debti,
G'azablanib alamdan.
Sevgi ko'z yoshin artib, Yana tilga
kiribdi,
Hursinib asta sekin, Ushal
insonga debti:
"Men misoli guldirman, Ikkingiz
ham keraksiz,
Biringiz suv bulsangiz,
Ikkinchingiz nurdeksiz...
Nur bo'lmasa yaprog'im, Jonsiz
so'lib qoladi ....
Suv bo'lmasa ildizim, Tolib qurib
qoladi...
Bir biringizdan gumon, Ildizimda
qurt kabi
Gumonli bo'lsa sevgi, Yurakda
ishq o'ladi.
Seving, haydamang meni, Men
jannatdan kelganman,
Yuragingiz nur qilib Saodatga
chorlayman.
Faqat inson kar kabi, Unga parvo
qilmabdi,
Sevgi suzin tinglamay, Yuragidan
haydabti.
Horu zorlikga qolib, Tugunin
orqa solib,
Keta turib insonga, Sevgi
shunday so'zlabdi:
"Toshday qotdi ko'nglingiz,
Qonga to'lib ko'zingiz,
Gumon, bo'hton bir bo'ldi, Horlik
topdi sevgingiz..
Bir kun kelib insonlar, Meni
suvday istarlar,
Yolvorib kecha kunduz,
Allohimdan so'rarlar..
Barcha ko'ngil topganda,
Noshukirlik qildingiz,
Tanlangan yuraklarga, Kelar endi
sevgingiz.
Shul so'zlarni aytib u, Behos
g'oyib bulibdi.
Inson hayron bulmasdan Yo'lin
davom etibdi..
Ko'p zamonlar o'tibdi, Inson
sh'erlar to'qibdi,
Sevgi haqida hatto Hikoyalar
bitibdi..
Lek sevgi endi faqat, Tangrim
so'zin tinglarmish,
Gar buyursa unga Haq Yuraklarga
kirarmish...
Tangridan so'rang, zero,
Yuragingiz yorishsin,
Ruhingiz porlab tanho Saodatga
erishsin...
Kumushbibi qullari , Tebratmadi
qalamni,
Balki uning yuragi, Kuyladi shul
qissani...
Allohdan so'rasangiz U albatta
beradi
Shubhasiz gar sevsangiz Sevgi
albat keladi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев