Balki kulib balkim zor bo'lib. Xijronlardan ming bezor bo'lib. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim. Xayotda bir umr xayolga tolib. Goxi o'tib gohida qolib. Sevgini lanatlab baxtimdan tonib. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim. Lekin xotira bor shudir muammo. Seni eslatadi yulduzlar samo. Go'zal xotiralar qolganu ammo. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim. Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib. Xat ham yozmadinga sen shuncha sevib. O'zimni baxtsizlik qo'liga berib. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim. Yirtilgan surating qayta teraman. Har kuni tushimda seni ko'raman. Nafratlanib pinxon sevaman. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim. Dunyoda hechkimga ishonmay qo'ydim. Gohi el ichra kulgular bo'ldim. Bazida shirin hayotdan to'ydim. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim. Yurakka nafratdan saroylar soldim. Goho bu hayotdan judayam toldim. O'zimdan emas men sendan tondim. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim. Men hanuz sevaman o'zimni erkam. Axir menga baxtku yashasang be kam. Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam. Sensiz yashamoqqa o'rganib qoldim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев