Nahot tig'siz, jarohatsiz azoblanishi mumkin bo'lsa. Yana eng nozik a'zoying yurakdan bo'lsa-ya. Sevib qolishim mumkinligi haqida ko'p o'ylaganman. Ammo sevgim rad etilishi-yu, so'ngsiz azoblar doriga tortilishim hatto tushimga ham kirmagandi. Asli hayotda shunday tasodiflar bo'lib turarkan. Kutganing emas kutmaganing oyog'ing ostidan chiqarkan. Shunday bo'lsada chidashga majbursan. Muhabbat inson hayotidagi tasodifiy tuyg'umi yoki boshdan o'tkazishi shart bo'lgan qonuniyami? Bu biz uchun mukofotmi yoki jazo? Sevgi nima degan savolga javob bormi? Nega uni hamma biladi-yu ammo uning o'zi hammaga har-xil ta'sir o'tkazadi. Hammaning hayotiga so'roqsiz kirib kelaveradi. Bu ham yetmagandek o'ziga bo'ysundiradi. So'zsiz itoat etasan unga. U nedirki butun vujudingni egallaydi. Seni azoblaydi. Asli uning ismi azobmi yoki rohat?
Ichingda seni kimdir boshqarib tursa. O'z hohshing bilan hech narsa qila olmasang. Bu aqlning boshqaruvimi yohud ko'ngilning istagi? Uni sevib qolgan kunim o'z-o'zimdan o'zgara boshladim. Ko'nglimdagi kechinmalarni also tushuna olmasdim. Ahir bu tabiiy hol. Shunday emasmi? Chunki sevgi haqidagi dars hech qayerda o'qitilmaydi, o'rgatmaydi. O'zimdagi bu tuyg'uni yengishga qanchalik harakat qilmay kech edi. Negaki u butun vujudimni egallagan va yuragimga hukmronlik qilib ulgurgan edi. Garchi hohlamasamda unga bo'ysungim kelardi. Nazarimda u men erishishim mumkin bo'lgan yagona baxtga aylanib bo'lgandi. Men endi u uchun kurashishim va erishishim kerak edi. Yagona maqsadim shu. U haqidagi o'ylarimni o'zimdan ham qizg'onaman. Ko'nglimda qanday yaxshilik bo'lsa hammasini unga ilinaman. Hatto orzularim ham uningsiz yo'qdek. Uningsiz ushalmaydigandek. Men tamomila sevgining asiriga aylanib ulgurgandim. Ha men uni chin ma'nodagi g'arib asiriga aylanib bo'lgandim.
Men uni judayam qattiq sevgandim. Yo'q, men uni juda qattiq sevaman. Umrimni baxshida etgandim unga. Ammo bularning hammasini u rad etdi. Qani endi sevging rad etilgan joyda hammasi tugasa va yana hech narsa bo'lmagandek hayot davom etaversa. Ammo unday emas ekan. Hammasi endi boshlangan ekan. Ya'ni azoblar. Sevgi hayotimga u bilan kirib kelgandi. U bilan birga ketdi. Faqat o'rnini qiynoqlarga, azoblarga, hijronlarga va achchiq sog'inchlarga bo'shatib berdi-ki ularni birgina yuragim qanday ko'tarayotganiga aqlim bovar qilmaydi. Undan qolgani faqat azob va yana azob bo'ldi. Asli sevgining menga buyurgan qismati shumikan? Yoki muhabbatning asl mohiyati shundaymi? U hammaga mana shunday qismatni buyurarmikin? Yoki chin oshiqlarga shundaymikin? Bilmadim! Men sevgini rohat ham deyolmayman, azob ham. Chunki unda hammasi bor. Faqat o'zidan kegin ayriliqni ro'baro qilishi yomon ekan.
Menda sendan oldin hamma narsa bor edi. Ammo endi hech vaqo yo'q. Ularni rad etilgan seviging bilan chilparchin qilding. Ehtimol sen hech narsa yo'qotmagandursan. Ammo men seni topib hammani yo'qotgandim. Afsuski endi sen ham yo'qsan. Nega hammasi boy berishlar bilan tugayapti? Ahir faqat hotira va achchiq qismat bilan yashab bo'lmaydiku. Nega endi men sening sevgingga arzimayman. Nahotki mening sevgim shunchalar arzon bo'lsa. Seni sevdirishga qudrati yetmasa. Seni sevgingga arzish uchun seni qanday sevish kerak? Shuni ayt! Borim bilan, butun vujudim bilan, umrim bilan sevsam ham yetamasa. Yana qanday sevish mumkin seni? Ayt! Roziman, sen aytganday sevishga. Ahir sensiz yasholmayman. Ketsang faqat yulib ketgin yuragimni. Mayli etgin hor. Ammo ko'zlarimni bo'zlatib umrimni azobga mahkum etib ketma. Mening qalbim sensizlikka chiday olmaydi. Ahir u sen bilan tirik. O'tinaman meni tashlab ketma.
Men endi mahkumman, sevgining men uchun o'qigan shum taqdiriga. U endi kelmaydi. Uni yana kutib umid bilan yashamoq naqadar og'ir. Sevgim hech narsasiz o'lib bo'ldi. Shunday bo'lsada uni kutgim, u haqida hayollar surgim kelyapti. Ammo also uning yo'qligiga ishongim kelmayapti. Nega aynan mening sevgim rad etildi? Ahir aybim nima? Nega menga hech qanday ro'shnolik ko'rmaydigan sevgi bitildi? Nega ahir? Nega unda ko'nglim unga tushdi? Bu savollarning javobi bomi? Qayerdan ko'nglimga hotirjamlik tilay? Qayerdan darmon izlay dardlarimga? Meni bu ishqimdan umidlarim katta edi. Umr yo'limni yoritib turgan sevgi chirog'ining birdan o'chib qolishi kishini esankiratib qo'yarkan. Ahir endi yo'limni qanday topaman? Qay tomon yuraman? Yoki shu yerda men ham tamom bo'lamanmi? Bilmadim… bilmadim endi nima bo'ladi? Ehtimol men ham shu yerda hayot bilan vidolasharman. Ammo uni bir ko'rmay ko'zlarimni yuma olarmikinman?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев