sir (Yigitlar uchun)...
Har bir yigitning kayfiyati, o'zini
tutishi va qilmoqchi bo'gan ishlari
juda juda ko'p hollarda sevgan
qiziga bog'liq bo'ladi. Ikki sevishgan
insonning hayoti deyarli har doim
bir-biriga bog'liq bo'ladi. Bu esa
munosabatlarning imkon qadar
yaxshi va iliq bo'lishi shart
ekanligini anglatadi. Har yerda
muvozanat bor. Sevishganlar
munosabatining davomiy bo'lishida
juda ko'p narsalarning o'zaro
munosabati o'ta muhim rol
o'ynaydi. Shu jumladan, ikki kishi
o'rtasidagi sir ham (garchi shu ikki
kishi bir-birlariga qanchalik yaqin
bo'lishmasin) munosabatning qay
yo'sinda davom etishiga ta'sir
ko'rsatadi. Qizlarning o'z sirlari
bor. Bu sirlar keragidan ortiq
darajada ko'p deyish ham to'g'ri
bo'ladi. Shu qatorda, yigitlarda ham
o'z sevgan insonlaridan sir
saqlashlari kerak bo'lgan ba'zi
narsalar bo'lishi kerak. Quyida har
bir yigit o'z sevgan qizidan har
doim sir saqlashi kerak bo'lgan 10
ta eng muhim narsalar ro'yxatini
keltirib o'taman. Ro'yxatni
oddiydan eng muhimigacha, ya'ni
10-darajali sirdan 1-darajali
sirgacha keltirib o'taman:
10. Boshqa qizlarga e'tibor...
To'g'ri, Siz o'z sevgilingizga
sodiqsiz, undan boshqasiga qayrilib
ham qaramaysiz. Lekin bu gaplar
faqat sevgan qizingizga aytiladi,
holos. Birinchidan, agar rostdan
ham Siz kimnidir sevsangiz,
boshqasiga e'tibor qilmaysiz.
Ikkinchidan, agar e'tibor qilgudek
bo'lsangiz ham bu narsani sevgan
qizingiz hech qachon sezmasligi
kerak. U bilan yurganingizda u
o'zini Sizning e'tiboringiz tufayli shu
ko'chada yoki hiyobonda yurgan
bitta-yu bitta qiz deb tasavvur
qilsin. Bilib qo'ying, qanday e'tibor
ko'rsatsangiz, shunga yarasha javob
olasiz!
9. Pulingiz qayerga
sarflanayapti...
Pul hech qachon sevgi bilan
aralashtirilmasligi kerak. Shunday
ekan, sevgan qizingiz hech qachon
Sizning xarajatlaringiz, pulingiz
nimalarga sarflanayotganligi,
xarajat va foydangiz haqida
bilmasligi kerak. Bunaqa xavfli
axborotning sevgan qizingiz ongida
joylashishi kelajakda o'zingizga
qiyinchilik olib kelishi mumkin.
Chunki pulingiz ko'p bo'lgan vaqtda
ko'p sarf-xarajat bo'lishi yoki
aksincha, puldan qiynalib turgan
paytda noqulay vaziyatga tushib
qolmasligingiz uchun sevgan
qizingiz cho'ntagingiz ahvoli haqida
bilmagani ma'qul.
8. Ota-onangiz moddiy yordamiga
suyanishingiz...
Yigit kishi har doim mustaqil
bo'lgani yaxshi. To'g'ri ota-
onalarimiz bizga yordam berishadi.
Ularning yordam berishi biz o'sha
narsani o'zimiz qila olmasligimiz
uchun emas, shunchaki ular o'z
farzandlariga g'amxo'rlik qilishni
istashlaridandir. Shuning uchun
kuni kelib Siz ota-onangizdan
qandaydir moddiy yordam yoki
biror narsa olishingiz mumkin. Bu
narsani sevgan qizingiz hech
qachon bilmasligi kerak. Agar bilib
qolsa, Sizning yigitlik obro'ingizga
ham, uning Siz haqingizdagi
ishonchiga ham putur yetishi
mumkin.
7. Ojizligingiz va qo'rquvlaringiz.
Sevgan qizingiz hech qachon Sizning
ojiz, kuchsiz tomoningizdan
xabardor bo'lmasligi kerak. Hech
qachon sevgan qizingizga
nimalardan qo'rqishingiz, nimalarni
qila olmasligingiz va qaysi
holatlarda oqsashingiz haqida
gapirmang.
6. Qo'pol so'zlaringiz,
so'kinishlaringiz.
6-o'rindagi muhim bu sirga ta'rif
yozmasam ham bo'ladi. Qo'pol
so'zlar nafaqat sevgan qizingizni,
balki boshqalarni ham Sizdan tez
sovutadi, ularning yaxshi
munosabatlarini yomonlashtiradi.
Bilamiz, Siz zo'rsiz, Siz o'ta qo'pol
so'zlarni ishlata olasiz, Siz juda ko'p
so'kinish so'zlar bilasiz. Lekin bu
qobiliyatingizni sevgan qizingiz
oldida namoish etmang! Agar, u qiz
oldada xurmatingiz yo'qolmasin
desangiz, albatta...
5. Do'stlaringiz va tanishlaringizning
yomon odatlari...
Siz ko'chada ko'p vaqtingizni
do'stlaringiz, tanishlaringiz,
hamkasblaringiz davrasida
o'tkazasiz - buni axmoq ham biladi.
Ularning yomon odatlarini Siz ham
ular bilan birga bo'lgan paytda
qilishingiz hech gap emas. Shuning
uchun do'st-tanishlaringizning
yomon odatlari haqida sevgan
qizingiz bilmasligi kerak. Agar
qizingiz Siz birga ishlaydigan
kishilar tushlik payti sigaret chekib
o'tirishi, aroq ichishi, yomon
mashg'ulotlar bilan shug'ullanishini
bilib qolsa, demak Siz ham ular
bilan birga bo'lgan paytlaringizda
huddi shu ishlar bilan
shug'ullanishingiz mumkin, degan
shubhaga boradi.
4. Sevgan qizingizning oila a'zolari
haqida yomon shubha yoki
fikrlaringiz...
Dunyoda mukammal inson yo'q.
Hamma ham xato qiladi, hammada
ham kamchilik bor. Agar Sizga
sevgan qizingiz oila a'zolaridan
biror kishi yoki shu kishining
qilayotgan ishi yoqmasa, imkon
qadar bu haqida sevgan qizingizga
gapirmang. Unutmang, Sizga
yoqmayotgan kishi sevgan
qizingizning eng yaxshi ko'rgan
kishisi bo'lishi mumkin!
3. O'tmishdagi ma'shuqalaringiz...
Sevgan qizingiz yoningizda. U
Sizning yagona muhabbatingiz!
Lekin uni topguncha bo'lgan vaqtda
Siz boshqa qizlar bilan tanishgan,
ular bilan ishqiy munosabatda
bo'lgan bo'lishingiz mumkin. Agar
Sizga yoningizdagi sevgan qizingiz
mehri kerak bo'lsa, o'tmishdagi
birga yurgan, yoki Siz yoqtirgan
qizlaringiz haqida unga gapirmang!
2. Sevgan qizingizdan avval yoqtirib
yurgan, yoki birga bo'lgan
qizingizdan esdalik buyum...
Hech qachon sevgan qizingiz
o'zidan avvalgi Sizning hayotingizda
bo'lgan qizlardan Siz uchun qolgan
esdaliklar haqida bilmasligi kerak.
Balki avval yoqtirgan qizingir Sizga
biror esdalik; kitob, chiroyli kiyim,
taqinchoq, ramziy surat yoki biror
idish sovg'a qilgandir. Uning
sovg'asini hali ham saqlab
yurganingizni sevgan qizingiz bilib
qolsa, u hali ham o'sha qizni
qumsayotgan ekan, degan fikrga
borishi mumkin.
1. Sevgan qizingizdan avvalgi
hayotingizda bo'lgan qizlar haqida
xotira...
Bir qozonda ikki qo'chqorning
boshi qaynamaydi. To'g'ri,
qo'chqorlar haqidagi maqolni
qizlarga nisbatan ishlatish yaxshi
emas, lekin bu vaziyatda aynan
mana shu maqol juda mos keladi.
Sevgan qizingizda avvalgi qiz bola
tanishlaringzi ismlari, ularning
odatlari, ular bilan qilishga
odatlangan ishlaringiz... bularning
birortasi ham sevgan qizingizga
yoqib tushmaydi. Shuning uchun bu
turdagi narsalarni sevgan qizingizda
sir tutishingiz kerak!
Yuqoridagi ro'yxatdan qaysi
bo'limlarni o'zingizga yaqin
olishingiz - Sizning ishingiz! Ammo,
bu o'nlik har doim esingizda
bo'lishi kerak!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев