Jonim xato qilmadimmi sizni sevib?! Sabolarni yôlatmadim men yonimga, Tilib terdim nishlar kirsa tovonimga, Titrab turgan uvoqqina shu jonimga, Endi jafo qilmadimmi sizni sevib?! Jonim xato qilmadimmi sizni sevib? Bu ne tuyg'u dil oynasin chertib ôtdi, Ol bag'rini qizg'aldoqqa surtib ôtdi. Adash yôlda ozoringiz turtib ôtdi, Boshga balo qilmadimmi sizni sevib?! Jonim xato qilmadimmi sizni sevib? Yuragimning tub-tubida armon qolgan, Baxt deganning borligiga armon qolgan. Charxi-dunning ne zarbidan omon qolgan, Dilni ado qilmadimmi sizni sevib?! Jonim xato qilmadimmi sizni sevib? G'urur qôymas aytolmayman holim sizga, Zolim edim, kunim qoldi "zolim" sizga. Kônglim afgor etsangiz uvolim sizga, Tarki xudo qilmadimmi sizni sevib?! Jonim xato qilmadimmi sizni sevib...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев