suysin
Haq rizosin tilab hijob kiygan
qizlar,
Xalqning emas Holiq lutfin kutgan
qizlar,
Haq ishqida nozin ichga yutgan
qizlar,
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar
tuysin.
O`rangan oy yuzingizni Olloh
suysin.
Yot nazardan qochib parda tutib
yuzga
Ibrat bo`lib behayo qaro yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas
sizga
Sizga zulm istaganlar o`zin tiysin
Orangan oy yuzingizni Olloh
suysin
Bu ne fayzu karomat kim sirlarga
boy
Misli bulut arosida kuyganday oy
Or hayoga burkanibdi oyday
chiroy
Kiyim kiygan yalang'ochlar
rashqda
kuysin
O`rangan oy yuzingizni Olloh
suysin.
Oriyatli oy yuzlarni tosgan parda
Bir chiroyni tovlabdi ming
chiroyda
Yomon ko`zdan asrasin Olloh har
joyda
Betofiqlar mayli nima desa desin
O`rangan oy yuzingizni Olloh
suysin.
Muhofaza etib o`zni yot nazardan
Besh mahramni qutqardingiz ahli
nardan
Haq lutfiga sazovarsiz tong
sahardan,
Ochiq sochiq yurganlar ham esin
yig'sin,
O`rangan oy yuzingizni Olloh
suysin.
Dunyo sinov Haq yo`lida sobit
qoling,
Xatarlardan eson omon o`tib
oling,
Jannat uzra guldan poyondoz
soling,
Olloh o`zi sizga chin baxt ato
qilsin
O`rangan oy yuzingizni Olloh
suysin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев