Ketayotgan Ikki Do'st"
Cho‘lda ketayotgan ikki do‘st,
bir payt nima bo‘ldi-yu, bir-
birlari bilan g‘ijillashib qolishdi.
Shunda do‘stlarning biri
ikkinchisining yuziga tarsaki
tortib yubordi.
Tarsaki yeganning joni og‘ridi,
lekin hech nima demasdan
yerga egildi va qumga shunday
deb yozdi:
“Bugun eng yaqin do‘stim
menga tarsaki tushirdi”.
Yana yo‘llarida davom etishdi va
bitta vohaga chiqib olishdi.
U yerda ko‘zlari suvga tushdi.
Chanqoqlarini qondirish uchun
shoshilishdi. Shunda boya
tarsaki yegan do‘st suv
bo‘yidagi botqoqqa tushib
ketib, cho‘ka boshladi.
Do‘sti darrov yordamga
shoshilib, uni o‘limdan qutqarib
qoldi. O‘ziga kelgandan keyin,
bir oz muddat o‘tgach, bu safar
bir toshga shunday deb yoza
boshladi:
“Bugun eng yaqin do‘stim
hayotimni saqlab qoldi»”.
Uni kuzatib turgan sherigi
so‘radi:
–Tarsaki tortgandim qumga
yozding, endi esa toshga
yozapsan, nima uchun?
Do‘stining javobi quyidagicha
bo‘ldi:
–Birovdan og‘ringanimizda
qumga yozishimiz kerakki,
salgina shabboda esganda ham
o‘chib ketsin. Ammo birovning
qilgan yaxshiligini toshga
bitishimiz kerak; Toki hech bir
shamol, bo‘ronlar uni o‘chira
olmasin..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев