sog'indimki...Bu sog'inch oxir-
oqibat meni yeb bitiradi
chog'i.Meni kechiring...sizsizlikka
o'rgana ololmayapman.Hozir siz
bilan o'tgan har bir suhbatimizni
eslaymanu,o'sha vaqtlarda sizga
to'yib tikilib olmaganim uchun
o'zizmni o'zim ayblayman.Hozir
sizni oldingizda bo'lish uchun
borimmni berardim.Lekin endi
hech narsa avvalgidek
bo'lmaydi,vaqt esa ortga
qaytmaydi.Siz bilan o'tgan har
bir onimni sog'indim.Avvallari
sizni tushlarimda ko'rib
sog'inchim bosilardi,endi esa...bu
shunchalar azobliki...Sizni
ko'rmaslik,siz bilan
gaplashmaslik,UNUTISH- bu so'z
avvallari bu qadar xunuk
eshitilmasdi endi bu so'zni
eshitishni istamaydi
quloqlarim.Faqat bir savolga
javob topishni istardim.SIZ MENI
QANCHALIK SEVDINGIZ?!Bu tuyg'u
sizda qanchalar kuchli edi,men
ketganimdan keyin nimalarni his
qildingiz,biron narsadan
ayrilgandek bo'ldingizmi?Yoki siz
uchun hech nima o'zgarmadimi?
Men bir narsaga hali ham
tushunmayman,bu sevgimidi
yoki o'rganishmi? Sevgi qanday
bo'ladi? Bu ikkisini hech farqlay
olmayman,haqiqiy sevgi
hammaga ham nasib
qilavermaydi deyishadi,menga
nasib qilarmikan..?Menimcha men
sevmadim,bu shunchaki
o'rganish bo'lsa kerak.Agar men
sevganimda,o'sha vaqtda sizdan
ayrilganimda,sizsiz yashashga
chiday olmaganimda,o'z jonimga
qasd qilish fikri kelganida buni
hech ikkilanmay qilgan
bo'lardim,ko'zimga hech nima
ko'rinmasdi.Lekin men bunday
qilmadim,ko'z oldimga avvalo
ota-onam,yaqinlarim keldi va bu
ishim gunohligini esladim.Shunda
men tushunib yetdimki,agar men
o'z jonimga qasd qilsam ularni
ham ruhan o'ldiraman.Insonlarni
joniga qasd qilish esa,mening
qo'limdan kelmaydi,hoh ruhan
bo'lsin,hoh jismonan.Qadrligim
sizni unutaman...meni kechiring...
Yurakni kemirdi sog'inch azobi,
Qalbda paydo bo'ldi kulgu
mozori. Armonlar,ushalmas
orzular sarob, Ko'ngil hamon
sog'inar hijron ozori.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4