Bu ulug' kunda ko'plab vatan uchun jon bergan yigitlar, o'g'lonlarmizni yodga olaylik. Shu jumladan 2 jaxon urushiga ketib qaytmagan otasi, farzandi, yorini kutib umrini o'tkazgan onalarmzni xam unutmaylik
Abdulla Oripov AYOL
Yigitlar maktubin
bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekkanda yohu,
Uning xam panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoshida beva qoldi u.
Sevgidan yetim-u umrdan yarim,
Qurigan köksida yolg'iz belanchak.
Adabiy firoqni,
xayxot, döstlarim,
Abadiy visol deb bildi kelinchak.
Qaqragan lablarda olovli nafas,
Kechalar kechmishin ayladi kömir.
Parishon sochlari yor
köksi emas,
Muzdayin bolishda
qoldi bir umr.
Yillar xam ötdilar xamon u yolg'iz,
Mung'ayib termular botguchi kunga,
Ey nomard tabiat, bormu senda xis,
Qaytadan baxt
bersang bölmasmu unga?
Naxot ishq qismati buncha beraxm,
Bunchalar buyuksan
vafo shevasi,
Sengadir xurmatim, senga xarafi.
Qaxramon jangchining sodiq
bevasi.
Sizchi ey sadoqat
satridin nolib,
Nadomat komida
qolganlar ayting.
Özingni ming
bitta bozordan olib,
Ming bitta bozorga solganlar, ayting.
Shu Chölpon közlarning buyuk
xurmati,
Shu aqiq lablarning rost sözi deya.
Söylangchi, vafoning
nadir qimmati,
Siz xam kutganmisiz biror soniya?
Ba'zida tirnoqlar bezagi uchun,
Saxardan shomgacha qilursiz toqat.
Biroq yoringizni kutgali nechun
Topilmas tirnoqcha sabr qanoat.
Nazokat paytimas
yaqinroq keling.
Buyuk zot qoshida aylangiz salom,
Shu sodiq bevaga sajdalar qiling.
Shu sodiq bevaga aylang extirom.
Xatto zeb ziynatni yulqib ziyoda,
Xaykal xam qöyingiz
bamisli xayol.
Shundaylar bölmasa agar dunyoda.
Bu qadar muxtaram bölmasdi ayol
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев