pardasini yoydi. Mening
nigohlarimda esa muhabbat
pardasi hilpirab turibdi. Har tun
shu hol takrorlanadi. Ko'zlarim
ochiq. Nigohlarimni berkitgan
muhabbat pardasi ortidan sening
ruxsoring namoyon bo'ladi. Ko'z
o'ngimga yuragimning ishq
koshonasidan asta-asta odimlab
kelasan. Yana sen haqindagi
o'ylarim davomi butun
borlig'imni o'z izmiga soladi.
Ahir yuragimda sen borsanku!
Salom azizam. Kechagidan farqli
bo'lgan bu o'ylarim yana
yangidan yangi ertaklar
koshonasiga yetaklaydi.
Yuragimni qo'llaringga ol va
quloq tut. Yana izhorimning
bayonin tingla! Dunyo poyonsiz
deb o'ylardim. Aslida uning
cheksizligi sen bilan ekan.
Sensiz dunyo bunchalar tor,
bunchalar g'arib ko'rinmasa.
Agar seni eslaganimda,
vujudimga yuguradigan
huzurbaxsh tuyg'uni,
sezmaganimda hijron azobi
allaqachon "dardi bedavo"ga
duchor etardi. Sen bir nursanki
zulmat quchishiga yo'l
bermaysan. Sen tog'dagi toza
chashmasanki vujudim ishq
olovida yonib bitishiga monelik
ko'rsatasan. Odamlar har dardga
malham vaqt deydilar. Vaqt
o'tgan sayin seni ko'rmoq,
ovozingni eshitmoq, bo'ylaringni
tuymoq istagi bardoshimni qiyin
qistovga olmoqda. Nazarimda
butun vujudimni zo'r bir alanga
qurshab olganday va hayotim
shu harorat ichra ketayotganday.
Kun sanay deyman-u, sanashga
botinolmayman. Hijron damlari
nainki kun, oylarga ulashib
ketgan. Hayoling uzra jon saqlay
desam sening yoding tashnalik,
sog'inch va firoq hasratini ming
chandon kuchaytirib boshimga
azoblarni soladi. Eslamay
deyman-u, butun borlig'im sen
bo'lgach sendan o'zga yana
kimni yodga olaman. Ahir
yuragimda sen borsanku! Ishq
o'zi qanaqa yovuz dard? Na
o'ngingda, na tushingda halovat
bor. Yana bir biriga chirmashib
ketgan og'riqli, havotirli
hayollarga ne deysiz. Na
odamlar ichida o'y- hayollardan
qutulasan, na yolg'iz
qolganingda. Ahir sening
ishqingda sensiz, tanho yashab
bo'larmidi? Uyquga sening
yoding ila bosh qo'yaman. Tong
chog'i kipriklarim qo'zg'almay
turib sog'inch dardi ila
to'lg'olaman. Men yana seni
qumsayman. Seni sog'inaman,
seni sevaman. Bizni ne bog'lashi
mendan so'ramagin. Sendan
nimani izlashimni o'zim ham
bilmayman. Bilganim bu bir sir.
Bilganim chindan seni sog'inib,
seni sevaman. Ishq dardiga
mubtalo dil, na tabiat go'zalligi,
na quyosh harorati, na shamol-
u bo'ron va na zil-zilani tan olar
ekan. Oshiqning farog'ati uchun
faqat mashuqasidan kelgan bir
og'iz lutf-kalon, yaxshi xabar va
robbim yarlaqagan ruxsor
halovati ekan. Menku bunday
baxt qushi boshimga qo'nmoqligi
mumkinligidan umidimni uzib
qo'ydim. Ammo yurakdagi
"uvoqday" mo'jazgina ilinj huddi
qilga osilgan mo'r misol visol
tashnaligini so'ndirmay
turaverarkan. Hozirgi holatimga
yig'lashni ham, kulishni ham
bilmayman. Ahir o'ylaganlarim
vaqti kelib sarob bo'lib chiqsa,
suyanganim bo'shliq ekanligini
yiqilganimda bilsam, chashma
deb talpilganim oddiy tosh
ekanligini anglasam dardimni
kimga aytaman. Ishq lazzatini
totgan kezlarim butun borliq
hayolimdan ko'tarilgani,
ko'zlarim faqat uni ko'rgani,
tillarim uning ismini takrorlab-
takrorlab charchamagani endi
sezilyapti. Yaxshiyamki
qalbimda bosh ko'targan tuyg'u
iddaosidan hali u qadar boxabar
emasman. Ammo uni sevgi
huruji deya juda olisdanda tan
olmoqqa qo'rqaman. Men seni
zulukdan qop-qora qoshlaringni,
tunni lol qoldiruvchi
sochlaringni, sutga chayilgan
oppoq yuzingni emas hayo
sayqal berilgan tiniq chehrangni
qumsayotgandayman. Sening
timsoling sendanda ofiyatli,
sendanda ziynatli. Buni
anglamoq oson emas. Buni faqat
qalb ko'zi ila ko'rishga qodir
odamlar sezurlar. Inchinun men
sendagi ibo, iffat va
beg'uborlikga tashnaman. Telba
uchun ikki dunyo bir otin. Yana
bilingki boylikga, amalga,
shoxlikga tashnalikdan ortadigan
telbalikdan ishq azobidan
keladigan majnunlik azoblidir,
og'riqlidir. Men seni qanchalik
sevaman ekan? Bu savolga o'sha
damda ham javobim yo'q edi.
Hozir ham. Men muhabbatga
suyanib butun borlig'imni uning
ihtiyoriga topshirib qo'yibman.
Ishq qal'asiga sezdirmay
kirganimda nechog'li baxtiyor
edimki… Endi uning mustahkam
qo'rgo'nidan chiqolmay, jon
saqlashga najot topolmay rang-
ro'yim somondek sarg'aymoqda.
Tan hastaligiga davo topishga
umid qilsa bo'lar ekanu, biroq
ko'ngil savdosining dardi bedavo
ekan. Menga shunday otashin
ishqni, sog'inchni berib o'zing
yuragimga berkinganing menga
taskin beradi. Tuyg'ularim senga
bepayon. Ishqimning iztirobli
bayoni so'ngsiz. Shuning
uchunmi senga hayr demayman.
Hayr desam muhabbatim izhori
poyoninga yetib qolayotganday.
Senga termulib tong ottiraman.
So'zlarimga nuqta qo'ymay
shunday qoldiraman. Boisi,
umrimni bori tunida senga
izhorimni betakror bayonini
taqdim etaveraman. Tug'yularim
tugamaydi. Ahir yuragimda sen
bor sanku axir . Bu mening
dardim edi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев