Предыдущая публикация
Agar sizni hayot sinasa,
Orzu dard bilan siylasa,
Qalbingizni gumon qiynasa,
Sabr qiling bari o'tadi.
Do'stlaringiz aldab ketsa ham,
Joningizdan o'tib ketsa g'am,
To'g'ri bir oz qiladi alam,
Sabr qiling bari o'tadi.
Boshingizga tushsa tashvishlar,
Tuxmat bilan otilgan toshlar,
Bo'g'zingizga kelsa mish-mishlar,
Sabr qiling bari o'tadi.
G'am silasa mag'rur boshingiz,
Goh minnatli yegan oshingiz,
Nomardlarga tushsa ishingiz,
Sabr qiling bari o'tadi.
Kulib turgan do'stingiz sotsa,
Sevganingiz sevgingiz sotsa,
Yo'l topolmay boshingiz qotsa,
Sabr qiling bari o'tadi.
Hayot sinar barcha insonni,
Yengarmikan deya yolg'onni,
Unutmaylik Parvardugorni,
Sabr qiling bari o'tadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев