sentyabr kuni "Radio Grand"ning mehmoni
bo'ldi.
"Fayzli oqshom" dasturida ishtirok etgan
Uzoqov muxlislar va boshlovchi Ibrohim
Ahmedovning
savollariga javob berar ekan, endi kinoda
boshqa rol` ijro etmasligini ma'lum qildi.
Boshlovchining "muxlislar nega Alisher
kinolarda ko'rinmay qoldi, deb
qiziqishyapti", degan
savoliga umidli aktyor "Ko'p chiqsam ham,
kam ko'rinsam ham gapirishadi. Lekin endi
men kinoda
rol` ijro etmoqchi emasman, boshqa ishlar
bilan shug'ullanishni maqsad qilganman",
deb javob
berdi.
Alisherning aytishicha, hamma aktyorning
taqdiri har xil, kimdir bir umr kinoda
suratga
tushsa, boshqasiga bor-yo'g'i bir-ikki yil
ijod qilish nasib etadi. Biroq, u aynan nima
sababdan aktyorlikni tark etmoqchi
ekanini ochiq gapirmadi.
Alisher Uzoqov nafaqat kinodagi rollari,
balki rejissyorlik ishlari bilan ham
mashhur.
Aynan u suratga olgan "Endi dadam
bo'ydoq" kartinasi M&TVA-2012da "Yilning
eng yaxshi
fil`mi" nominatsiyasida bosh mukofotni
qo'lga kiritgan.
Alisher Uzoqov 1984 yil, 25 avgustda
Toshkentda, san'atkorlar oilasida
tug'ilgan.
Muhammadjon va Shohida Uzoqovlarning
farzandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев