duo qildi: "Ilohim taning sog',
martabang ulug', boshing toshdan
bölsin!" Ög'il biroz ensasi qotgancha xayr-ma'zur ham qilmay mashinasiga
ötirib ishga ketdi. Har kuni shu holat
qaytariladi. Ög'il bir firma direktori.
Yosh bölsada topish- tutishi yaxshi.
"Sog'ligimdan ham nolimasam, -öylardi
yigit,- onam befoyda xavotir qiladi". Ishdan keyin ulfatchilik, maishat,
qizlar... 5 yoshda otasiz qolganda
boshqa turmush qilmay, faqat uning
uchun yashagan onasi esa yarim
tungacha bedor, ög'lini kutib ötirardi.
Allamahalda uyiga kirib kelgan ög'il onasini ayblardi: "Uxlasangiz
bölmaydimi? Mana, menda kalit bor.
Özim kira olaman uyga!" Ona hech
narsa demaydi. "Onaning könglini
tushunmaysanda",- hayolidan
ötkazardi u. Ög'il onasini yaxshi körardi. Tez-tez dam olishga
sanatoriyalarga yuborib turardi. Lekin,
onaga sanatoriyadan köra köproq
ög'ilning e'tibori va ozgina vaqti kerak
edi. Ög'il onasi abadiy emas, bu
dunyoda oddiy mehmon ekanligini unutib qöygandi... Bir kuni yarim
kechasi mast holda uyga kelgan ög'il
onasining xonasidagi chiroq
odatdagidek yoniq ekanligini kördi.
Faqat endi uni hech kim kutib olmadi.
Ona ög'ilni kutib-kutib jon bergandi... Onasini dafn qilgachgina ög'il bu
dunyoda eng katta boyligini
yöqotganini tushundi. Biroq endi kech
bölgandi. Ichkilikka mukkasidan
ketgan ög'il jigar xastaligiga uchradi.
Ishlari ham tobora ortga ketdi. Bir oy ichida uning firmasi kasodga uchradi.
Unga döstman deb yurganlar ortidan
pichoq sanchganida ög'il aslida bu dunyoda nimaga erishgan bölsa bariga onasining duosi b-n erishganligini tushunib yetdi.Ichib mashinasida katta yöl böylab ketayotgan ög'il chorrahaga yaqinlashar ekan,tormoz ishlamayotganligini sezdi.Uning
közidan bir tomchi yosh yuziga
yumalab tushdi.U rulni qöyib yubordi va ovoz chiqarib onasi har kuni aytadigan sözlarni qaytardi: "Ilohim
taning sog', martabang ulug', BOSHING
TOSHDAN BÖLSIN!
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев