ko'ngil to'rini,
Ko'z yoshing yuvmaydi zamin
sho'rini,
Ba'zan murda ham topolmay
qolar ekan go'rini,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
So'zing ham o'tmay qolar ekan
goh,
Qochishadi oshna-og'ayni seni
ko'rgan chog',
Qani ishongan bog', suyangan
tog' ?!
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Tashvishlar o'raydi to'rt
tomoningdan,
Tosh chiqaveradi yegan
noningdan,
O'zingnikilar ham ba'zan
o'tkazib yuborar-da
joningdan,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Omad yo'q, atalaga ham
o'tmaydi tishing,
Yo'qlab kelmas ekan bir yaqin
kishing,
Nomard-u, pastkashga tushadi
ishing,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Xudo o'zi bilar kim qachon
ketar,
Bir kam bu dunyo ko'ngling
xun etar,
Husningdan ayirar, kuning tun
etar,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Orzu bog'ing darddan beradi
hosil,
O'ylayverib oxir o'zing ham
bo'lasanku sil!
Osilsang ham saal pastroq
dorga osil,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Yigit yiqilsa, nopok xotin-
to'ra,
Ko'rmaganni ko'rgani qurib
ketsin, jo'ra!
So'rasang ham bandadanmas,
Xudodan so'ra! Yo'qchilik
yiqitar yigit zo'rini!
Man man degan yigitlar sinar
hayot zo'ridan,
Singanga kim ham joy beradi
davra to'ridan?!
Kim bo'shatib beradi issiq
o'rnini!?
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев