O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan,
Biron kuni yo'q ekan.
Qozondagi taomin,
Tepib qochib ketarkan,
Meshidagi suvini,
Sepib qochib ketarkan.
Qarg'ar ekan bolasin,
Qilolmasdan epini.
Qirqib qochganida kir
yoyadigan ipini:
"Hoy, ipimni qirqmagin,
Qalbingga ilm to'lgur.
Hoy, meshimni teshmagin,
Ka'baga imom bo'lgur!
Sichqon dumin kesmagin,
Beozor bo'l, to'g'ri yur.
G'arib yo'lin to'smagan,
Ka'baga imom bo'lgur".
Demas ekan: "Juvonmarg",
"Haromi", "Maraz", "O'lgur".
Bitta ekan qarg'shi:
"Ka'baga imom bo'lgur!"
Niyat ketdi, vaqt o'tti,
Misli yel yo shabada.
Shu onaning, shu o'g'li
Imom bo'ldi Ka'baga.
Ne-ne shohu sultonlar,
Orqasidan turib g'oz.
Unga iqtido qilib,
O'qir edilar namoz.
Duo-la shum boladan,
Chiqdi bir xush nafasli
Olim, hofizi Qur'on -
Abdurahmon Sudaysiy.
Nazoratda insonning,
Har so'z, har bir nafasi.
Ibrat bo'lsin bizga bu
Allohning mo'jizasi.
Komil inson ko'rdingmi,
Marxabo, bilki ular -
Ota-ona, elidan
Duo olgan bolalar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1