Предыдущая публикация
Endi Sizga birov bo‘laman.
Izlab-izlab Oy topib oldim,
Yulduzlarga kuyov bo‘laman.
So‘kilgani qoldi ko‘nglimning,
Tushib ketdi qo‘llaringizdan.
To‘kilgani qoldi ko‘nglimning,
Terib oldim yo‘llaringizdan.
Mening umrim — ishqiy bir g‘azal,
Muallifi — o‘zimning Egam.
Oy, baribir, juda ham go‘zal,
Yuzlarida dog‘i bo‘lsa ham.
Nurlarini qizg‘anmaydi u,
To‘kilmaydi birorta tolam.
Sog‘inmayman, degan edim-ku,
Yer Oyiga alam-o, alam.
Endi Sizga birov bo‘laman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Endi Sizga birov bo‘laman.
Izlab-izlab Oy topib oldim,
Yulduzlarga kuyov bo‘laman.
So‘kilgani qoldi ko‘nglimning,
Tushib ketdi qo‘llaringizdan.
To‘kilgani qoldi ko‘nglimning,
Terib oldim yo‘llaringizdan.
Mening umrim — ishqiy bir g‘azal,
Muallifi — o‘zimning Egam.
Oy, baribir, juda ham go‘zal,
Yuzlarida dog‘i bo‘lsa ham.
Nurlarini qizg‘anmaydi u,
To‘kilmaydi birorta tolam.
Sog‘inmayman, degan edim-ku,
Yer Oyiga alam-o, alam.
Endi Sizga birov bo‘laman...