Yulduzlarga vatan — ko‘zingiz.
Ikkimizning jonimiz bitta,
Mening o‘zim — Sizning O‘zingiz.
Men Siz bilan Baxtga boraman,
Ona, Sizni yaxshi ko‘raman!
Qoshlarimiz o‘xshab ketadi,
Ko‘zingizda kulib turibman.
«O, u kunlar qachon qaytadi!»
Qo‘msayapsiz, bilib turibman.
Hamon Sizga do‘stday yuraman,
Opa, Sizni yaxshi ko‘raman!
Bugun senda bahorni ko‘rdim,
Yulduzlarga termilasan jim.
Xush damlarga yana yuz burdim,
Sen bahorga o‘xshaysan, singlim.
Ol, ko‘klamni senga beraman,
Singlim, seni yaxshi ko‘raman!
Yonimizdan o‘tib ketasiz,
Zor ko‘ngillar qaltiraydilar.
Yurakka cho‘g‘ otib ketasiz,
Ko‘zlar — uchqun, yaltiraydilar.
Izingizdan gullar teraman,
Qizlar, sizni yaxshi ko‘raman!
Kapalakli ko‘ylagingizga
Tegmay turib, titraydi qo‘lim.
To‘ymayapman bo‘ylaringizga,
Siz, baribir, boshqasiz, Gulim.
Labingizdan shabnam so‘raman,
Gulim, Sizni yaxshi ko‘raman!
Yashnayapman mehringiz bilan,
Vujudimga iforlar sochib.
Yashayapman muhabbat degan—
Chechaklarga ko‘ksimni ochib.
Men yuragi osmon bolaman,
Hammangizni yaxshi ko‘raman,
Hammangizni yaxshi ko‘raman!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2