Ichimga sig'mayin dardim
yig'lasa, Tunlari ko'zimga uyqu
kelmasa. Ko'r bo'lib ko'zlarim
endi ko'rmasa, Menga
achinguvchi inson bormikan.
Yashayapman g'amlarim
yelkamga ortib, Siqilgan yuragim
dardlarga sotib. Ko'nglimga
sig'dirmay alamni quvib,
Yig'lasam ko'zimdan yosh
chiqarmikan?
Yonimda do'stlarim bo'lsa ham
ammo, O'zimni ko'rarman
dushmandek go'yo. Yaqinlarim
yonimda lek bir muammo,
Yolg'izman hali ham g'amlar
do'stmikan?
Tashlab ketgan go'dakdek uvol
yuragim, Sinovli o'tmoqda har bir
kunlarim. Charchadim telbadek
kulib yig'lasam, Tavba deya
odamlar ko'z tashlarmikan?
Hayollarim parishon o'ylovlarim
ko'p, Ishonchim yengildi
yolg'onlarga xo'p. Soddalik
qilibman juda-juda ko'p, Bu
dunyoda ishonchli inson
bormikan?
Yoshligim qolmadi men ham
yigitman,
Bevafo dunyoda oddiy
mehmonman. Kimlarga men
muhtoj-u kimga kerakman, Meni
hozir unutishgan eslaguvchi
bormikan?...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев