Shahvoniy quvvatbaxsh mahsulotlarga qo’y go’shti, bedana, qirg’ovul, chumchuqning go’sht va tuxumlarini kiritish mumkin. Quvvatbaxshlik borasida qazi- qarta, po’stdumba alohida ta’riflanadi. >Mashhur olim Freydning fikricha, jinsiy aloqaga quvvat bag’ishlaydigan samarali vosita javdar unidan yopilgan kulchalar, qovoq urug’i, mevalarning qoqilari, qo’ziqorinlar,erga to’kilib tushgan olmalardir. Shuningdek, yong’oq, no’xat, loviya, mosh eb turish ham foyda.>Qadimda ukrain va rus tabiblari jinsiy qobiliyatni oshirish uchun sutda qaynatilgan sholg’omni sabzi suvi bilan aralashtirib, ozgina asal qo’shib, chorak stakandan kuniga 4 mahal, ovqatlanishdan oldin ichishni tavsiya etganlar. As-Sa’idu-s-Samarqandiyning ta’rifiga qaraganda, bedana go’shti nihoyatda quvvatbaxshligi bilan ajralib turadi. U shunday yozadi: «Aning eti tamomi qushlarning etidan yaxshidur va me’dadin tez o’tuvchi va shahvatga harakat berguvchidir. Ko’p emoq badanning qichuviga sabab bo’lur va aning islohi toza yog’lardir. Va ani yog’ ichida pishirmoq kabob qilmoqdin yaxshiroqdur». Kashnich ichki jinsiy a’zolarning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Buning uchun kashnich urug’idan 1 choyqoshiq olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi va 30 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 1oshqoshiqdan ichiladi. Bunday amal shahvoniyatdagi funktsional buzilishlarda ijobiy natija beradi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1