musofirman
emasman shoir. Yozarman
yurakda bor dardlarimni.
O'zga yurtda sog'inchdan
dunyoga kelgan. Nigoxim
so'ndirgan hasratlarimni.
Taqdir boshga soldi yana
bir sinov Ishlagani keldim
begona yurtga Buni hayot
derlar angladim shuni.
Aytishar qirq hunar
kamdur yigitga. O'zgacha
sharoit o'zgacha muhit
Onangni qo'lidan yemasan
ovqat Saboqdur g'oyoki
o'tgan har kunim
Shoshqaloq boladay
yuguradi vaqt. Yaratgan
ollohga shukrona aytib
Achchiq sinovlarni ichimga
yutdim Sabrimni
yengishga organdim mana
Lekin man sog'inchdan
qiynalib ketdim Tug'ilgan
chogimda chindan
suyungan Ammam tog'am
holam amakim bo'lgan
Erkalatib o'pgan opamni
Judayam sog'indim
qondoshlarimni Sog'indim
har oyning bir shanbasida
Sirlashib o'tirgan
sirdoshlarimni Navqiron
yoshlikning bir pallasida
Qadrdonim bo'lgan
tengdoshlarimni Esimdan
chiqarmadim biror sonya
ham Hammadan
qizg'ongan dil gullarimni
Hayotda yashashim
mazmuni bo'lgan
Sog'indim eng go'zal
singillarimni Bu begona
yurtda safdoshim bo'lgan
Qiynalma bolam deb jonin
kuydirgan Umrimning
sarboni soyabonimni
Sog'indim judayam
dadajonimni Kenja o'glim
deya ovunib yurgan
Qachon kelar ekan deya
yeg'lab utirgan Menga
teng ko'rmagan mingta
yulduzni Judayam
sog'indim onajon sizni
Nafasim bog'zimga qoldi
tiqilib Butun vujudim ham
ketyapti titrab Qalbimni
iplari ketti sirtilib Kechiring
dostlarim yubordim
yig'lab.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев