Yomg'ir yog'ar yurakni ezib Bu dildagi alamni sezib Armonlardan yuragim bezib Bugun sizni juda sog'indim Orzulardan ko'pdur armonim Yorishmaydi moviy osmonim Tunlardagi olgan oromim Bugun sizni juda sog'indim Sog'inch toti shirin bo'larkan Sog'inganda yurak to'larkan Azoblarga bu dil ko'narkan Bugun sizni juda sog'indim Ko'rmoq uchun talpinar yurak Qadir uchun sog'inchham kerak Sizni tezroq ko'rmog'im kerak Sizni bugun juda sog'indim.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 17