Do‘stimizning nikoh to‘yi munosabati bilan
uzoq tog‘li qishloqlardan biriga yo‘l oldik…
Borgan kunimizning o‘zida o‘z-o‘zimizga
to‘yni boshlab yuborgan bo‘lishimizga
qaramasdan, baribir uch-to‘rt kun o‘sha
yerda bo‘lishimizga to‘g‘ri kelardi.
Ex… Garchi hamma narsa to‘la-to‘kis, do‘stlar
hammasi jamul-jam, toza havo, dam olish,
hursandchilik avjida bo‘lishiga qaramasdan,
shugina sanoqli kunlarda sevgilimni juda-
juda sog‘inishimni o‘ylasam yuragim orqaga
tortib ketardi…
Aksiga olib u yerlarda telefon qurg‘ur
to‘lqinlarni ham ushlamas ekan. Na bir
qo‘ng‘iroq, na ishqdan mastona SMS lar
jo‘nata olmasam… Hech bo‘lmaganda
internet ham ishlamaydi.
Sog‘inardim… Sevgilimni kulgularini,
hazillarini, uni juda ham ko‘rgim kelardi…
Sog‘inardim… U bilan qo‘l ushlashib bog‘
aylanishni, kun botar mahal anhor bo‘yida
yelkasidan quchib, xuddi sovuqdan bir-
birini asrayotgan musichalardek o‘tirishni
sog‘inardim…
Uning mayin, nafis sochlarini silagim,
g‘uncha lablaridan qayta-qayta bo‘sa olgim
kelardi…
Uni shunchalik sevganimdan, u ham meni
sevishidan shunchalar baxtiyor edimki;
xatto sevgi-sevgi deb, yoshlik-erkalik deb
qilayotgan sho‘xliklarimizmi, to‘g‘riroq
aytganda bexayoliklarimizmi hech, hech biri
hayolimga ham kelmasdi…
Toki… Toki, o‘sha to‘y kunida yuz bergan
voqeagacha…
To’y tugar mahal, yonimga bir o’rta yoshli
ayol keldi-da, qo’limga bir tugunchani
tutqazib:
– O‘g‘lim shu kampirni uyigacha kuzatib
qo‘ying. O‘zlari narigi mahallada turadilar,
qorong‘uda ko‘zlari o‘tmay, u-bu yerda
to‘qishib yurmasinlar tag‘in. Yosh bolalar
hammasi ko‘chada o‘ynab yurishibdimi,
hech kimni topa olmadim, dedilar.
Ho‘p bo‘ladi-da, dedim-u qari onaxonni
oldilariga borib:
– Buvijon yuring, uyingizga kuzatib
qo‘yaman, dedim.
Ozroq yurganimizdan so‘ng odatiy past-
baland, mayda toshlarga boy qishloq
ko‘chasiga kirdik, shunda men:
– Buvijon, keling qo‘lingizdan qo‘ltiqlab
olaman, deb qo‘llaridan endi tutaman
deganimda:
– To‘xta! Mana yengimdan tut, deb kampir
meni urishdi…
O‘shanda shunaqa kulgim keldiki. Zo‘rg‘a
o‘zimni tiyib qoldim. Rostda, u kishi qari bir
kampir, men esa nevaralari tenggi yigit
bo‘lsam…
To‘yni ham tugatdik. Uyga qaytaman,
sevgilimni ko‘raman… U bilan oxirgi
kunlarda hech xabarlashmaganimiz uchun
qaytishimni kutilmagan uchrashuv bilan
uyishtirmoqchi edim.
Kelishimiz kun botar paytga yaqin bo‘lgani
sababli u yashaydigan joyga qop-qora
tunda yetib bordim. Uning mahallasi
tomonga qayrilishda chiroq yorug‘lari
ostida o‘tirib gaplashish uchun qulay
kichikkina joy bor edi. U bilan bu yerda juda
ko‘p marta o‘tirib gaplashganmiz.
Hayolimdan shularni o‘tkazib, o‘sha
tomonga nigohimni burganimda qulog‘imga
tanish kulgu ovozi eshitildi…
Sekin borib qaradim. Ha, afsuski, bu o‘sha
men ko‘rishni orziqib kutgan sevgilim. Lekin,
boshqa bir yigit bilan…
Balki, shunchaki tanishi yoki qarindoshidir,
deb o‘ylab, o‘zimga tasalli berardim-u baribir
borib, o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha
ishonchim komil bo‘lmasdi.
Ular yo‘lga teskari o‘tirishgani uchun ularga
yaqinlashganimni payqashmadi. Tanish
kulgu, tanish ovozlar, tanish erkalanishlar-u,
tanish sevgi izhorlari…
Nahot shu uch kunginada shuncha
o‘zgardimi yoki u doim shunaqa edimi!?
Ko‘zlarim ko‘rmidi!?
Qadam tovushimni eshitib ikalasi ham
ortiga o‘girildi. Daxshat…
Hech narsa demadim, indamadim; alvido
iffatsiz sevgilim…
Iffat… Shunchalik ham bo‘ladimi
nomussizlik!? Xuddi, avval bo‘lgandek, avval
bormidi shu qizda o‘sha iffat!?
Tog‘li qishloqdagi kampir bilan bo‘lgan
voqeani esladim…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 18
özilani aybdor sanamisla
wuni unutmen xar bir qilyotgan iwiz uzizga qaytadi
wuni unutmen xar bir qilyotgan iwiz uzizga qaytadi
bu tahdidmas bu wuncaki hayotiy gap xolos
qizlani yomon diyiwdan oldin o`zila yaxwi k6z bn qarawwi o`rganila xop